Hindiston politsiyasi 3 mart kuni Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining 3 nafar yuqori lavozimli xodimini hibsga oldi. Avvalroq, uşbu kompaniya tomonidan işlab çiqarilgan yötalga qarşi sirop Özbekistonda kamida 20 nafar bolaning ölimiga sabab bölgan edi.
Hindiston davlat laboratoriyasi tomonidan Marion Biotech dori vositalarini tekşiriş böyiça ötkazilgan sinovlarda 22 ta namunaning tarkibi «buzilgani va qalbakilaştirilgani» aniqlangan. Şundan söng, hibslar amalga oşirildi, deb yozdi Reuters. Mansabdorlarga qanday ayblov qöyilgani ma’lum emas.
Politsiyaning yuqori lavozimli ofitseri Ram Badan Singx sözlariga köra, Marion Biotech kompaniyasining işlab çiqariş direktori va 2 nafar kimyogari hibsga olingan. Yana 2 nafar direktor «mamlakat taşqarisida va Hindistonga qaytişi bilanoq hibsga olinadi».
Reuters hibslar böyiça izoh oliş uçun Marion Biotech kompaniyasiga murojaat qilgan. Biroq, kompaniyada qönğiroqlarga javob berişmagan.
2022 yil dekabr oyida Özbekistonda Marion Biotech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan «Dok-1 MAKS» yötalga qarşi siropidan önlab bolalar vafot etgan edi. Şundan söng, Marion Biotech kompaniyasi zavodida işlab çiqariş jarayoni töxtatildi.
Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, Marion Biotech kompaniyasi işlab çiqargan «Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalari tarkibida propilenglikol örniga yoki u bilan birga etilenglikol (EG) va dietilenglikol (DEG) moddalari aniqlangan. Uşbu moddalar öta zaharli bölib, sanoatda suyultiruvçi vosita sifatida işlatiladi.
2023 yil yanvar oyida JSST Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan «Ambronol sirop» (Ambronol Cough Syrup) va «Dok-1 MAKS» (Dok-1 MAX Syrup) tarkibida DEG va EG zaxarli moddalari borligini tasdiqlab, dori ta’minoti zanjirida iştirok etuvçi barça manfaatdor tomonlarni zudlik bilan muvofiqlaştiruvçi çoralar körişga çaqirgan edi.
JSST uşbu moddalar oz miqdorda qabul qilinganda ham ölimga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirdi va heç qaçon dori vositalarida işlatilmasligi lozimligini ta’kidladi.

















