Aholi nimadan norozi?

Sergeli tumanining Quruvçi mahallasi, Xonabod 1-tor köçasi böylab yerusti metrosi qurilişi davom etyapti. Gap şundaki, hozirda mazkur hudud xavfli zonaga aylanib qolgan: çuqurlar qazib taşlangan, maxsus texnikalar esa tun-u kun işlayapti. Quriliş va aholi yaşayotgan punkt oraliq masofasi 5 qadam ham çiqmaydi.

Yaşovçilarning Kun.uz muxbiriga ta’kidlaşiça, bu işlar aholini ogohlantirmasdan boşlab yuborilgan.

“Bizni heç kim xat-hujjatlar bilan taniştirmadi. Fuqarolik, insoniy huquqlarimizni oyoqosti qilib, mensimagan holda transportlarni olib kelib taşlaşdi va kavlaşni boşlaşdi.

Ertalab 5-sinf qizim 1-sinf qizimni maktabga olib ketayotganda, ikkita katta yuk maşinasi orasida qolib ketganini aytdi. Mutasaddilar qaçon harakat qilişadi? Nega bizni, inson huquqlarini oyoqosti qilişyapti, qonunlarga amal qilişmayapti”, – deydi mahalladagi xonadon egalaridan biri Nazokat Xoljonova.

“Nimaga ogohlantirmasdan qazib taşlayotganini sörasak, “Sizlarni nega ogohlantirişimiz kerak, bu – davlatning yeri, hamma çiqib özi eşityapti. Sizning uyingizni heç kim qazimayapti-ku”, deyişdi. Mayli, kimdir kelsin, tekşirişsin, köraylik, desak, qölimizdan telefonimizni tortib olib, 5-6 nafar içki işlar xodimi yopişib ketdi.

Qurilayotgan metro bilan uyning oraliği qança bölişi kerak, şunga heç kim javob bermayapti. Sörasak “Metro yerostidan ötsa ustida, yerustidan ötsa ostida yaşayverasizlar”, deyişdi. Hozir qonun şunaqa ekan”, – deydi fuqarolardan yana biri. 

Yerusti metrosi qurilişi boşlanganiga ança bölgan. Jarayonning 2-bosqiçi uçun 2020 yil dekabr oyida “Özbekiston temiryöllari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Köprikquriliş” tresti unitar korxonasi