Germaniyaning Rheinmetall qurol konserni Ukrainada tank zavodi quriş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Rheinmetall boş direktori Armin Papperger 4 mart, şanba kuni Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

«Taxminan 200 million yevro evaziga Ukrainada yiliga 400 tagaça Panther tanklari işlab çiqaradigan Rheinmetall zavodini quriş mumkin. Ukraina hukumati bilan muzokaralar istiqbolli va umid qilamanki, bu borada qaror keyingi ikki oy içida qabul qilinadi», dedi Papperger. 

Uruşda ğalaba qozoniş uçun Ukrainaga 600 tadan 800 tagaça tank kerak va bu ehtiyojni qondiriş uçun işlab çiqarişni zudlik bilan yölga qöyiş kerak, deb hisoblaydi ekspert. Uning fikriça, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida zavodni Rossiya hujumlaridan himoya qiliş «qiyin bölmaydi». 

«Germaniya Kiyevga Bundesverdagi barça 300 ta Leopard 2 tankini topşirsa ham, ularning soni juda oz böladi», - deya qöşimça qildi Armin Papperger. 

Naşr suhbatdoşi konsern «töliq quvvat bilan» işlayotganini tan oldi. «Biz allaqaçon 40 dan ortiq Marder piyoda jangovar texnikasini foydalanişga topşirganmiz, yil oxirigaça ularning soni 100 taga yetadi. Buyurtma berilgan 50 ta Leopard 2A4 tankidan 30 ga yaqini tayyor. Bundan taşqari, Leopard 1’ning 100 ga yaqin eski konstruksiyalari mavjud bölib, ulardan 88 tasini bugungi kunda foydalanişga yaroqli qilişimiz mumkin», dedi Rheinmetall boş direktori.