«Rossiya köngillilar korpusi» - bu Ukraina bölinmasimi, rossiyalik partizanlarmi yoki FXX agentlari?
|03:37 / 04.03.202328 69815 min
Bryansk oblastining Ukraina bilan çegaradoş qişloqlaridagi «diversiya» haqida nimalar ma’lum va nimalar ma’lum emas?
Foto: BELGOROD REGION GOVERNOR PRESS OFFICEFoto: BELGOROD REGION GOVERNOR PRESS OFFICE
Hujumni kim amalga oşirdi?
2 mart tongida Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz Lyubeçane qişloğiga pronikla «Ukrainadan diversiya-razvedka guruhi» kirib kelganini xabar qildi. Uning sözlariga köra, «diversantlar» avtomobilni öqqa tutişgan, mahalliy aholi vakillaridan birini öldirgan va 10 yoşli bolani yaralagan. Bundan taşqari, Bogomaz «Ukraina qurolli kuçlarining yana bir hujumi» haqida gapirdi — Suşani qişloğida dron zarbasidan keyin turar joy binosi yonib ketgan. Mash va Baza manbalarining tasdiqlanmagan ma’lumotlariga köra, bu qişloq hududiga ham «diversantlar» bostirib kelgan — Bryansk oblastiga ötgan «diversiya guruhlari» tarkibi 40 nafardan 50 nafargaçani taşkil etgan.
Şu bilan birga Rossiya propaganda naşrlaridan birortasi Bryansk oblastiga bostirib kirilişi aks etgan kadrlarni namoyiş etmadi. Mash naşri tasdiqlaşiça, «diversiya»dan oldin Ukraina qurolli kuçlari ikkita kamikadze dron orqali çegara punktlaridagi videokuzatuv kameralarini işdan çiqargan.
Qurbonlar haqida nimalar ma’lum?
Gubernator Bogomazning sözlariga köra, «diversiya-razvedka guruhlari faoliyati oqibatida» tinç aholi vakillaridan ikki kişi halok bölgan.
Lyubeçaneda otişma vaqtida jarohatlangan bola Bryansk oblasti şifoxonasiga yetkazilgan, uning hayotiga jiddiy xavf yöq. Rossiya propagandaçilari maktab avtobusi öqqa tutilganini xabar qilişgandi, ammo region hukumati bu ma’lumotni rad etdi.
Rossiya naşrlari şuningdek guruh a’zolari ikki qişloqda ham «odamlarni garovga olgani», keyinroq RF harbiylari va «diversantlar» örtasida jang boşlangani haqida yozişgandi. Ammo Suşani qişloğini öz içiga oladigan Novoropskaya qişloq ma’muriyati odamlar garovga olingani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Baza manbasi Suşanida göyoki elektr nimstansiya va gaz stansiyasi portlatilgani haqida ham xabar bergan — bu ma’lumot rasmiylar tomonidan tasdiqlanmagan.
ASTRA manbalariga köra, Bryansk oblastidagi otişmalar vaqtida ikki çegaraçi yaralangan.
***
Kun oxiriga kelib Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) «duşman Ukraina hududiga siqib çiqarilgani, ularga yoppasiga artilleriya zarbalari berilgani» haqida bayonot berdi (buning tasdiği keltirilmagan).
Öz navbatida, Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Mixaylo Podolyak Bryansk oblastiga «ukrain diversiya guruhi» kirgani haqidagi xabarlarni «klassik provokatsiya» deb baholadi va «RFda partizanlik harakati kuçliroq va tajovuzkor bölib borayotgani»ni ta’kidladi. Ukraina davlat çegara xizmati spikeri Ondriy Demçenko ham Rossiyaga «ukrainlar diversiyasi» amalga oşirilgani haqidagi xabarni asossiz deb atadi. «Hozirda Rossiya pabliklarida Rossiya hududiga ukrain diversiya-razvedka guruhi kirgani töğrisida tarqatilayotgan xabarlar böyiça qayd etişim mumkinki, Ukraina — agressor emas, bizning asosiy vazifamiz mudofaa va bosqinçi mamlakatdan himoyalanişdir», — degan u.
Mavzuga oid
«Diversiya» töğrisidagi dastlabki xabarlardan keyin internetda «Lyubeçanskiy feldşersko-akuşerskiy punkt» yozuvli tabliçka örnatilgan bino fonida ikki qurolli şaxs turgani aks etgan video tarqaldi. Bu video «Russkogo dobrovolçeskogo korpusa» (RDK) nomidagi telegram-kanalga joylaştirilgan. Videodagi erkaklardan biri «tinç aholi vakillariga qarşi uruşmasliklari»ni aytib, «Rossiyaning oddiy fuqarolari»ni «isyon kötarişga va kuraşiş»ga çaqiradi. Video mualliflari keyinroq batafsil video e’lon qilişni va’da qilişgan.
Telegram-kanallarda özlarini «Rossiya köngillilar korpusi» sifatida taniştirgan yana ikki odam videosi tarqaldi — unda qurollangan kişilar qöllarida «korpus» ramzi aks etgan bayroqni kötargan holda poçta binosi oldida turib murojaat qilişgan, kadr ortida otişma ovozlari eşitiladi. Katta ehtimol bilan ikki rolik ham Lyubeçane qişloğida, Kommunistiçeskaya köçasida olingan — feldşerlik-akuşerlik punkti va poçta bölimi şu köçada joylaşgan.
«Sirena» va «Agenstvo» naşrlari jurnalistlari videolardagi jangçilardan birining şaxsini tasdiqlagan — bu «RDK» komandiri Denis Kapustin, u Denis Nikitin va White Rex laqablari bilan tanilgan.
Suşandan ham video bor. Uni Kreml ta’siridagi «Voyennyy osvedomitel» telegram-kanali e’lon qilgan. «Meduza» uning haqiqiyligini tekşirgan: rolik Suşan markaziy maydonida olingan. Videoda kadr ortidagi ovoz söraydi: «Ruslar qayerda?» va keyin otişma ovozi eşitiladi. Rolik muallifi kimligi va u montaj qilinmagani aniq emas. Şuningdek, «Voyennyy osvedomitel» «ukrain diversanti» qölida Suşandagi Madaniyat uyi tabliçkasini tutib turgani aytilgan fotosuratni ham e’lon qilgan.
Denis Kapustin kim? «Rossiya köngillilar korpusi» qanday taşkilot?
Foto: T.ME/RUSSVOLCORPS
Hozirda 38 yoşda bölgan Denis Kapustin Moskvada tuğilgan, ammo 2001 yilda uning oilasi Kyolnga köçib ketgan. Der Spiegel ma’lumotiga köra, Kapustinning oilasi Germaniyaga yahudiy qoçqinlar maqomida kelgan va bir neça oy ötib u doimiy yaşaş uçun ruxsatnoma olgan. «Agenstvo»ning qayd etişiça, Germaniyada u qoidasiz janglar va futbolga qiziqib qolgan — Nikitinning özi aytişiça (u şu familiyadan foydalanişni afzal köradi), u «köça bolasi, skinhed bölgan, odamlarni kaltaklagan». U qaysidir pallada Rossiyaga qaytadi va TsSKA fanatlari harakati a’zosiga aylanadi. Rossiyada MMA böyiça turnirlar taşkil etadi, bu turnirlarda mahalliy ultröng harakatlar vakillari iştirok etadi. U Yevropada ham şu kabi turnirlar uyuştiradi — ularning ayrimlarida Germaniya Milliy-demokratik partiyasi va Italiyadagi neofaşistik CasaPound harakati a’zolari qatnaşadi. Ultraöng harakatlarni örganuvçi Robert Klausning fikriça, Nikitin — «Yevropada öng ekstremistlar orasida muhim figura» va «qit’adagi eng xavfli neonatsistlardan biri» hisoblanadi.
2008 yilda Nikitin White Rex liboslar brendini yaratadi va bu brend natsistça ramzlar aks etgan buyumlar (masalan, «SS for Sweet n' Sexy» yozuvi, «Qora quyoş» ramzi yoki 14/88 raqamlari aks etgan futbolkalar) sotuvini yölga qöyadi. «Zaborona» naşriga köra, brend asosçisi «oq irq ustunligi» ğoyasi tarafdori bölib, oq tanli bölmaganlarni «arablar va turli maymunlar» deb ataydi. 2016 yilda Nikitin futbol böyiça Yevropa çempionati vaqtida Marselda rossiyalik va angliyalik fanatlar örtasidagi ommaviy muştlaşuv taşkilotçilaridan biri bölgandi.
2017 yilda Nikitin Ukrainaga köçib ötadi va bu yerda ham MMA böyiça turnirlar ötkaziş bilan şuğullanadi. Uşbu rossiyalik «Azov» polki vakillari bilan yaqin aloqa örnatgan — masalan, polk xalqaro bölimi kotibi Yelena Semenyaka Nikitin unga boşqa mamlakatlardagi ultraönglar bilan aloqalarni yölga qöyişda yordam bergan, ayrim holatlarda xalqaro konferensiyalarda «Azov» nomidan qatnaşgan. 2019 yilda uning Yevroittifoq hududiga kirişi 10 yil muddatga taqiqlab qöyiladi. Der Spiegel naşri yozişiça, ukrain politsiyaçilari Nikitinni giyohvandlik moddalar savdosida gumonlab qöylga olişgan, ammo bu ma’lumot boşqa manba tomonidan tasdiqlanmagan — Ukrainadagi «Zaborona» naşri xabariga köra, bu ma’lumotlar maxfiylaştirilgan.
***
2022 yilda Denis Nikitin «etnik ruslar»dan «Rossiya köngillilar korpusi»ni tuzadi — bu bölinma Ukraina tomonida turib jang qilişi közda tutilgandi. Uning saflarida qança a’zo borligi ma’lum emas — taşkilotçilar buni oşkor etişmagan. Nikitin intervyularidan birida «bölinmadagi ruslar rossiyaliklarga qarşi kuraşayotgani»ni aytgan. «Barça [Ukrainada] öz milliy batalonlarini taşkil etmoqda. Belaruslar — özinikini, gruzinlar — özinikini, içkeriyaliklar — özinikini. Xorijiy legionda kanadaliklar, britanlar, amerikaliklar birgalikda kuraşmoqda. Bizni qabul qiladigan guruh yöq edi», — degandi u.
Nikitinning sözlariga köra, 2022 yil avgustida uning korpusi Ukraina qurolli kuçlari bilan «hamkorlikda harakatlangan», ammo Ukraina armiyasi bölinmasi sifatida tan olinmagan. Rossiyalik şunday deydi: «Özimni körsatiş va rasman jang qiliş imkoniyatini berişni sörab Ukraina prezidentiga murojaat qilişimga töğri keldi. Prezident ruxsat berdi va bir kun içida hammasi iziga tuşdi». 2022 yil oktyabrida korpus öz manifestini e’lon qiladi, unda taşkilot «Ukraina qurolli kuçlari tarkibida ekani» ma’lum qilingan. Şu bilan birga, «Rossiya köngillilar korpusi»ning Ukraina armiyasi yoki hukumat bilan aloqasi töğrisida rasmiy tasdiq yöq. Nikitin şuningdek «turliça mafkuraviy baza»larga egaligi tufayli rossiyaliklarning Ukraina armiyasiga aloqador bölgan boşqa bölinmasi - «Svoboda Rossii» bilan hamkorlik qilmasligini ta’kidlagan.
Lyubeçaneda olingan videolardan birida aynan Kapustin rossiyaliklarni «isyon kötariş va jang qiliş»ga çaqiradi. «Vajnyye istorii» naşri «Rossiya köngillilar korpusi» a’zolaridan biri bilan gaplaşgan, anonimlik şarti bilan gapirgan bu şaxs Rossiya hududida bölganini tasdiqlagan. «Men u yerdan hozirgina keldim. Biz bu vazifani bajarişda 45 kişi edik. Içkariga kirib, suratga tuşirdik va ikkita BMPga pistirmaga qöydik. Men jabrlangan bolalarni körmadim. Lekin jarohatlanganlardan biri çegaraçi edi. Heç kim garovga olinmadi», degan u.
Bu Kremlning provokatsiyasi emasmi? Korpus Rossiya maxsus xizmatlariga aloqador bölişi mumkinmi?
Buni aniq aytib bölmaydi. 2019 yilda Germaniya razvedkasining yuqori martabali mulozimi Der Spiegel naşriga Kapustin Rossiya hukumatiga yaqin bölişi mumkinligini aytgandi. Ammo boşqa ekspertlar naşrga u Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqador bölişi dargumonligi, u sönggi yillarda köp vaqtni Ukraina hududida ötkazganini aytişgan.
Hodisa haqidagi dastlabki xabarlardan keyin bir neça naşrlar, jumladan «Verstka» va «Mayak» radiosi, şuningdek Davlat dumasi deputati Andrey Gurulev Vladimir Putin rahbarligida RF Xavfsizlik kengaşining «favqulodda» yiğilişi ötkazilişi haqida xabar tarqatdi. Agar bunday yiğiliş çindan ötkazilganida va uning ortidan «diversiyaga tezkor javob qaytarilganida», buni Kreml reyd haqida oldindan xabardor bölgan deb talqin etiş mumkin edi. Ammo prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Xavfsizlik kengaşi yiğilişi oldindan rejalaştirilganidek 3 mart kuni ötkazilişini aytdi. Şu bilan birga, «Verstka»ning Federatsiya kengaşidagi anonim manbasi Putin baribir «vaziyat böyiça birlamçi yeçimlarni işlab çiqiş» uçun Xavfsizlik kengaşining alohida a’zolari bilan yiğiliş ötkazganini aytgan.
Rossiya prezidenti Bryansk oblastidagi hodisani «terakt» deb atadi va «diversantlar» «bu fuqarolik maşinasi ekanini va unda bolalar ötirganini körişgani», ammo baribir unga qarata öt oçganini aytgan.
Öz navbatida, Ukraina Boş razvedka boşqarmasi vakili Andrey Yusov çegaradagi töqnaşuvni «Rossiya transformatsiyasi davomi» deb atadi:
«Bugun Rossiya köngillilar korpusining oçiq bayonoti bor. Bular Putinning rejimi va uni qöllab-quvvatlovçilarga qarşi qölda qurol kötargan holda kuraşayotgan odamlardir. Ehtimol, rossiyaliklar uyğona boşlagan, nimanidir anglayotgan va qandaydir muayyan çoralar körayotgandir».
Bu Rossiya hududiga ilk şunday hujummi?
Aftidan, bu heç bölmaganda birinçi uriniş emas. 2022 yil dekabrida FXX Bryansk oblastida «diversiya-terrorçilik akti» sodir etişga uriniş bölganini ma’lum qilgandi. 26 dekabr kuni idora çegarada göyoki «diversiya guruhi» tarkibida bölgan va «teraktlar» rejalaştirgan tört nafar ukrain öldirilgani haqida e’lon qildi. FXX şuningdek qonga belangan jasadlar aks etgan videoni namoyiş etgan — bular Ukraina qurolli kuçlariga rasman aloqador bölmagan «Bratstvo» köngillilar bataloni jangçilari ekani aytilgandi.
The Insider naşri qayd etişiça, jurnalistlar videodda köplab ğalatilik va nomuvofiqliklarni payqaşgan — masalan, öldirilgan «diversantlar»dan birining oyoq kiyimi mutlaqo toza bölgan, holbuki çegarani kesib ötiş uçun yölsiz hududda köplab kilometr masofani bosib ötiş talab etiladi. Bundan taşqari, «Bratstvo» bataloni bungaça front içkarisidagi operatsiyalarda iştirok etadigan bölinma sifatida ma’lum emasdi.
Bundan köp vaqt ötmay, 2023 yil fevralida, Bryansk oblasti rahbariyati Ukraina bilan çegarada «mudofaa liniyasi tayanç punktlari» taşkil etilgani haqida hisobot berdi — tasvirlarga köra, u turli fortifikatsion inşootlar hamda tankka qarşi tösiqlardan iborat edi. Liniyani gubernator Aleksandr Bogomaz «Yedinaya Rossiya» partiyasi kengaşi kotibi Andrey Turçak bilan birgalikda tekşirib çiqdi.
«Bryansk oblasti tajribasini, heç mubloağasiz ilğor deb ataş mumkin. Juda qisqa muddatlarda çegara mustahkamlandi − siçqon ham sakrab ötolmaydi. Har bir vzvodda − dala oşxonasi va hammom bor. Yigitlar mamnun, gubernatordan minnatdor», — degandi öşanda Turçak.
RF çegarasini qöriqlaş bilan boğliq işlar holati qay ahvolda?
U qadar yaxşi bölmasligi mumkin. 2004 yil iyulida çegara xizmati davlat çegarasini çiziqli qöriqlaş prinsipidan regional-obektov prinsipiga ötgandi: çegaraning butun uzunligi böylab qöriqlaş postlari tugatilgandi. 2005 yilda Davlat dumasi qarori bilan çegara qöşinlari ham tugatiladi. Buning örniga çegara organlari tuziladi, harbiy bölinmalar tarkibi jiddiy darajada qisqartiriladi.
Bryansk oblastiga bostirib kirişdan maqsad çegara xizmati va RF qurolli kuçlari ayni vaqtda davlat çegarasini işonçli qöriqlay olmayotganini körsatib qöyiş bölgan bölişi mumkin. «Diversiya»dan keyin Rossiya qömondonligi bu maqsad uçun qöşimça bölinmalar ajratişi mumkin va bu esa frontning boşqa uçastkalari zaiflaşişi hisobiga böladi.