Rossiya Boltiq dengizi tubidagi portlaşlar oqibatida zarar körgan «Şimoliy oqim» gaz quvurlarini foydalanişdan çiqarmoqçi va yaqin kelajakda ularni ta’mirlamaydi. Bu haqda 3 mart, juma kuni insayderlarga tayanib, Reuters xabar berdi. Vaziyatdan xabardor ikki kişi Reuters agentligiga Rossiya hukumati Ğarb bilan munosabatlarning yaqin orada yaxşilanişini kutmayotganini aytdi, bu esa quvurlarga yana talab paydo bölişiga olib kelmaydi.

Rossiyadagi yana bir manba hatto hukumat loyihani «kömilgan» deb hisoblaşini aytdi. Yana ikki insayder, öz navbatida, quvurlarni gaz quvurlari keyinroq işlaşga imkon beradigan holatda saqlaş kerakligini aytişdi. Ular foydalanişdan çiqarilişi kerak, dedi jarayondan xabardor yana bir kişi. Bu, ehtimol, Boltiq dengizi suvlaridan himoya qiliş uçun şikastlangan quvurlar germetizatsiyasini anglatadi. Agar Rossiya gazining örnini bosuvçi suyultirilgan gaz (STG) juda qimmatga tuşsa, bir kun kelib yana Rossiyadan kök yonilğiga ehtiyoj paydo bölişi mumkin, dedi u.

«Şimoliy oqim 1» va «Şimoliy oqim 2»ning operatsion kompaniyalari Reuters agentligiga izoh berişdan boş tortdi. «Şimoliy oqim 1» uluşiga ega bölgan Germaniyaning E.ON energetika konserni şunday bayonot berdi: «Minoritar aksiyador sifatida bizga ma’lum bölişiça, quvurni qayta tiklaşni yoqlab yoki unga qarşi heç qanday qaror qabul qilinmagan».

Rossiya Ukrainaga qilingan hujumdan söng yetkazib beriş töxtatilgunga qadar «Şimoliy oqim 1» gaz quvuri orqali Sibirdan Germaniya va Yevropaning boşqa mamlakatlariga gaz yetkazib berdi. Xuddi şu sababga köra, deyarli qurib bitkazilgan «Şimoliy oqim 2» gaz quvuri işga tuşirilmagan. 2022 yil 26 sentabrga ötar keçasi Daniyaning maxsus iqtisodiy zonasida va Şvetsiyaning maxsus zonasida «Şimoliy oqim» gaz quvurlarining törtta tarmoğidan uçtasida sizib çiqişlar aniqlangan. Şu bilan birga, seysmik stansiyalar bu joylarda portlaşlarni qayd etdi.