2022 yilning eng xaridorgir avtomobillari

Focus2Move 162ta mamlakatdagi ma’lumotlarini jamlagan holda ötgan yilda dunyo miqyosida eng köp sotilgan avtomobillar reytingini e’lon qildi.
Tahlil natijalariga köra, 2022 yilda jahonda eng köp miqdorda Toyota Corolla modeli sotilgan. Uşbu krossoverdan 1,12 mln dona xarid qilingan. Toyota Corolla savdolarida 2021 yilga nisbatan kiçik pasayiş (2,8 foiz) kuzatilgan bölsa-da, dunyo böylab eng köp sotilgan avtomobil maqomini saqlab qolgan.
Ikkinçi örinni Toyota RAV4 krossoveri egallagan. Ötgan bir yil davomida 868 ming 398 dona uşbu modeldagi avtomaşina xarid qilingan. Qayd etilişiça, bu 2021 yildagi körsatkiçga nisbatan 13,7 foizga kam.
Kuçli uçlikni Ford F-Series yakunlagan. Bu modeldan 786 ming 337 dona sotilgan va savdosi bir yil oldingiga nisbatan 8,8 foizga kamaygan.
4- va 5-örinlarni Tesla Model Y (sotuv – 759 ming 579 dona, ösiş – 88,7 foiz) va Toyota Camry (sotuv – 667 ming 968 dona, kamayiş – 2,6 foiz) modellari egallagan.
Reytingning dastlabki öntaligi quyidagiça:
1.Toyota Corolla – 1,12 mln dona;
2.Toyota RAV4 – 868 ming 398 dona;
3.Ford F-Series – 786 ming 337 dona;
4.Tesla Model Y – 759 ming 579 dona;
5.Toyota Camry – 667 ming 968 dona;
6.Chevrolet Silverado – 591 594 dona;
7.Honda CR-V – 591 ming 293 dona;
8.Toyota Hilux – 566 ming 838 dona;
9.Hyundai Tucson – 549 ming 918 dona;
10.Ram Pick-up – 545 ming 420 dona.
Nokia rebrending ötkazdi


















