
Donbassning markaziy qismida joylaşgan, uruşgaça 70–75 ming kişi yaşagan Baxmut sönggi bir neça oy içida Ukraina front çiziğining eng qizğin nuqtasi bölib qolmoqda.
Şaharning şubhali qiymatiga qaramasdan, Rossiya qömondonligi nima qilib bölsa ham uni egallaş uçun köplab askarlar va texnikalarini şu yerga taşlagan, şahar şturmida iştirok etayotgan «Vagner» yollanma jangarilar guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin esa Baxmut töliq qurşab olinişi haqida bot-bot çiqişlar qilmoqda.
BBCga bergan intervyusida Baxmut şahri merining örinbosari Oleksandr Marçenko janglar şaharni nimaga aylantirganini sözlab berdi.
«Şahar amalda yöq qilib taşlangan. Birorta butun bino qolmagan. Ruslar hammasiga öq uzişgan, — degan Marçenko. — Ularda şaharni saqlab qoliş niyati yöq. Ularning yagona maqsadi — odamlarni qiriş, ukrain xalqini genotsid qiliş».
Şaharda reportyorlari işlayotgan Associated Press agentligi ma’lumotlariga köra, şanba kuni vaqtinçalik köprik orqali Baxmutdan çiqib ketişga uringan bir ayol öldirilgan, ikki erkak yaralangan. Mahalliy aholiga şahardan çekinişiga yordam berayotgan Ukraina harbiylarining aytişiça, otişmalar tufayli fuqarolar şaharni maşinalarda tark etişi juda xavfli bölib qolgan, şu sababli odamlar piyoda çiqib ketişga majbur bölişmoqda.
Marçenkoning sözlariga köra, Baxmutda ayni paytda 4–5 mingga yaqin fuqarolar bor. Ular gaz, elektr va suvsiz boşpanalarda jon saqlaşmoqda.
«Insonparvarlik yordami oyiga bir marta kelib turibdi. Svet ham, gaz ham, suv ham yöq. Bu yerda qolganlar tirik qolsin deb Xudoga iltijo qilib yotibmiz», — deydi mahalliy turğun Natalya Işkova. U turmuş örtoği bilan katta qismi vayronaga aylangan şaharda qolişga qaror qilgan.
AP muxbirlari şanba kuni Ukraina harbiylari tomonidan tiklangan, Baxmutda qolayotgan tinç aholi qöşni Xromove posyolkasiga yetib olişi uçun möljallangan ponton köprigini körişgan. Şundan söng Xromoveda Rossiya qöşinlari öt oçişi natijasida beşta uy yongan.
«Rossiyaliklar işlatayotgan taktika bu kulini kökka sovuriş taktikasi. Ular Mariupolni yöq qilgandek, Baxmutni ham yakson qilişmoqçi»,



















