Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Foto: president.ua

Sönggi yillarda RF mudofaa vaziri Rossiya armiyasi «jahondagi eng zamonaviysi» deb atagan, Vladimir Putin esa Rossiya öz tarixida ilk marta qurollaniş poygasi böyiça «raqiblari»ni quviş bilan band emasligi, aksinça, AQŞ va boşqalar ularni yetib oliş uçun quvayotganini ta’kidlagan.

Ukrainadagi uruş esa armiyaning real holatini körsatib berdi. Uruşgaça bölgan şartnoma asosidagi harbiy xizmatçilardan iborat armiya katta yöqotişlarga uçradi, safarbar qilinganlar va ularning qarindoşlari esa tayyorgarlik va ekipirovka yöqligi, antisanitariya, yaroqsiz qurollardan şikoyat qilişmoqda.

Şu sababli Rossiya armiyasini Ukraina mediasi «jahonda ikkinçisi» deb pisanda qilib tilga oladi. Ular «Jahonning ikkinçi armiyasi» iborasini mem darajasiga kötarib, hattoki bu haqda qöşiq ham yaratişdi.

Rossiyaning armiyasi jahonda ikkinçi ekani töğrisidagi ğoya qayerdan paydo bölgan?

Çunki 2011 yildan buyon Rossiyaning harbiy salohiyatini Global Firepower şunday baholab keladi va bu sayt harbiy ekspertlar içida biror nufuzga ega emas.

Uning 2022 yilgi