Xitoy haligaça Rossiyaga qurol-yaroğ yetkazib beriş ğoyasidan voz keçmagan. Bu haqda AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining rasmiy vakili Jon Kirbi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozdi CNN.
Uning sözlariga köra, Pekin Ukrainaga qarşi uruşda yordam beriş maqsadida Rossiyaga qurol yetkazib beriş imkoniyatini hamon körib çiqmoqda. Biroq, qaror qabul qilingani haqida hali heç qanday dalil yöq.
«Ular buni kun tartibidan olib taşlaganiga işonmaymiz», dedi Kirbi CNN muxbirining savoliga.
Fevral oyida AQŞ rasmiylari Xitoy özini tinçlikparvar sifatida körsatiş uçun ikki tomonlama öyin qilayotganini, aslida Ukrainaga qarşi uruşda Rossiyani qöllab-quvvatlaş uçun qurol yuboriş imkoniyatlarini örganayotganini aytgan edi. Gap qaysi qurollar haqida ketayotgani ma’lum emas.
Ğarb rasmiylari Xitoy Rossiyani qurollantiriş yölini tanlasa, oqibatlarga duç kelişi haqida bir neça bor ogohlantirgan. OAV xabarlariga köra, gap sanksiyalar qöllaş haqida ketmoqda.


















