Ukrainada uruşning 375-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Zaporijjyada 2 mart kuni rossiyaliklar raketasidan vayron bölgan beş qavatli uy xarobalari ostidan sakkiz oylik qiz jasadi olib çiqildi. Uşbu zarba oqibatida halok bölganlar soni 13 nafarga yetdi.
- Rossiya IIV «Rossiya köngillilar korpusi» (bu tuzilma Bryansk oblastidagi «diversiya» uçun javobgarlikni zimmasiga olgan) a’zosi Ilya Bogdanovga qidiruv e’lon qildi. U — FXX çegara qöşinlari sobiq zobiti hisoblanadi.
- «Sirena» telegram-kanaliga köra, hozirda Xerson oblastidagi tayanç punktida turgan 20 nafar rossiyalik harbiy vijdon amri bilan işdan böşaş töğrisida raport yozişgan. Bunga javoban qömondonlik ular «taşqariga çiqmasdan öşa yerda qolişi»ni ma’lum qilgan.
- Orenburg oblastidan safarbar qilinganlar Vladimir Putinga murojaat yöllaşdi. Ular «LXR» bölinmalari komandirlari ularni «sarflanuvçi material» deb hisoblaşini aytişgan. Bu harbiylarning qarindoşlari ham Putinga murojaat qilişgan. Ularning sözlariga köra, safarbar qilinganlar heç qanday tayyorgarliksiz raqib pozitsiyalarini şturm qilişga jönatilmoqda. Bu şikoyatlardan keyin Orenburg oblasti gubernatori Denis Pasler harbiy prokuraturaga murojaat qilgan.
- NATOning Yevropadagi birlaşgan kuçlari qömondoni general Kristofer Kavoli uruş davomida RF armiyasining 200 mingdan ortiq askari va 1800 dan ortiq zobiti halok bölgani yoki yaralangani haqida aytdi. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi, Amerikadagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi hamda The New York Times naşri ham şu kabi ma’lumotlarni keltirgan.
Çasiv Yarda yertöladagi odamlar
Çasiv Yar — Donetsk oblastidagi şahar bölib, Ukraina qurolli kuçlari uşbu hudud orqali Baxmutdagi kuçlariga ta’minot yetkazib beradi.
Rossiyalik harbiy ekspertlar ukrain harbiylari Baxmutdan Çasiv Yarga çekinişni boşlaganini xabar qilgan, ammo Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi buni tasdiqlamagan — 5 mart kuni keçqurun berilgan svodkada faqat RF armiyasi yuriş qilişdan va Baxmut şahri va uning atrofidagi aholi yaşaş manzillari, şu jumladan Çasiv Yarni öqqa tutişdan töxtamayotgani aytilgan. Bu şaharda ham tinç aholi vakillari qolişda davom etmoqda — ular rossiyaliklarning aviazarbalaridan yertölalarda jon saqlamoqda.































