Uning sözlariga köra, «Vanger» ayni damda jang maydonidagi asosiy kuç hisoblanadi: «Hozir «Vagner» Baxmutdan çekinsa, butun front parçalanadi. «Vagner» [jang maydonidagi] sement hisoblanadi. Birinçidan, biz Ukraina armiyasiga boşqa hududlarga e’tibor qaratişga imkon bermay, ularni qiryapmiz. Boşqa tomondan esa oldinga siljiyapmiz. Şuningdek, boşqalar ham bizning ortimizdan oldinga siljişga majbur. Kamida öz nomi va yuzini saqlab qoliş uçun. Çunki ular «demak buni eplasa bölarkan» deb öylamoqda. Jangda stereotiplarni parçalaş juda muhim», deydi Prigojin.

Putinning sobiq oşpazi «Vagner» çekinadigan bölsa, butun Rossiyadagi harbiy idoralar uçun qiyin kunlar boşlanişini taxmin qildi: «Hozir «Vagner» [Baxmutda] töxtasa, voqealar rivoji quyidagiça böladi: front parçalanadi, Rossiya çegaralarigaça parçalanadi, hatto undan çuqurroqqaça ham. Umuman olganda, Rossiya içidagi mamlakat manfaatlariga xizmat qiluvçi harbiy tuzilmalar uçun qiyin kunlar boşlanadi.

«Vagner»ni esa Baxmutdan çekinadigan bölsa, tarixda şunday eslaşadi: Prigojin boşçiligidagi yollanma harbiylar guruhi Putinni özining muhim bölinma ekaniga işontira oldi. Aslida bizni vaziyat qiyinlaşgan vaqtda özlari çaqirişdi, lekin men aytgan voqea bölsa, aynan «işontirgan» deb eslaşadi.

Keyin esa butun Ukraina armiyasini Baxmutda töplagan «Vagner» «LXR» rahbariyati, Mudofaa vazirligi yoki Moliya vazirligi bilan pul yoki boşqa nimadir böyiça kelişa olmay qoldi deyişadi. Oqibatda «prujina effekti» işga tuşib, «Vagner» çekindi-da, bundan vajohati jöşgan Ukraina armiyasi qanotlardan, markazdan «LXR»ga yorib kirib, Rossiya hududigaça boradi, Qrim qulaydi va şunga öxşaş narsalar aytiladi», degan Prigojin.

«Vagner» askarlari köp marta öqdori va qurol-yaroq yetkazib berişda muammolar sabab Rossiya Mudofaa vazirligiga murojaat qilib çiqqan, hatto oçiqçasiga ştab boşliği Gerasimovni haqorat qilgandi. Prigojin ham snaryadlar yetişmovçiligi sabab Gerasimovni tanqid qilgan, armiyada tartib örnatişga urinişi uçun ştab boşliğini olifta deb atagandi.

Prigojin bu murojaatini ham yana snaryadlar yetişmovçiligi bilan boğliq muammoga olib borib taqadi: «Şu bois yana takrorlamoqçiman, «Vagner» hozirda frontdagi sement hisoblanadi. Biz hozir çekinadigan bölsak, tarixga uruşdagi mağlubiyat tomon ilk qadamni taşlagan odamlar sifatida kiramiz. Va mana şu örinda snaryad yetişmovçiligi bilan boğliq muammo yuzaga çiqadi».

Rossiya armiyasi Boş ştabi qömondoni va ayni damda ruslarning Ukrainadagi birlaşgan qöşinlari qömondoni Valeriy Gerasimov armiyada nazorat örnatiş kerakligini ta’kidlagani, askarlar doim soqoli va tirnoği olingan, harbiy formada bölişi kerakligini aytgani haqida xabarlar paydo bölgandi. Prigojin esa bunga munosabat bildirar ekan, «armiyani oliftalaştiriş uçun» 50 yil qamaş taklifini ilgari surgandi.