Bayramga budjetdan “pul soçiş” böyiça Andijon şahri hokimi “yetakçilik” qilmoqda. Respublikadagi aksariyat tuman va şahar hokimlari bu maqsad uçun örtaça 40-50 mln söm ajratgan.
Andijon şahri – 250 mln söm
Andijon şahar hokimining 2023 yil 2 martdagi qarori bilan zaxira jamğarmasi mablağlari hisobidan Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramini nişonlaş uçun 250 mln söm ajratilgan. Hokimning ayni şu qarori bilan şahardagi 55-umumiy örta ta’lim maktabining sport zali uçun kerakli jihozlarni sotib olişga esa 129 mln söm ajratilişi közda tutilgan.
Uçtepa tumani – 193 mln söm
Poytaxt tumanlari hokimlari ham Xalqaro xotin-qizlar kunini nişonlaşda “saxiylik” qilmoqda: Uçtepa tumani hokimi farmoyişi bilan zaxira jamğarmasi mablağlari hisobidan qariyb 200 mln söm ajratgan. Hujjatda ta’kidlanişiça, uşbu mablağga bayram tadbiri ötkaziladi hamda sovğalar xarid qilinadi.
Döstlik tumani – 125 mln söm
Jizzax viloyatining Döstlik tumani hokimligi ham bu borada “yuz millionçilar” qatorida: tuman hokimi qarori bilan bayramni nişonlaş, bayram dasturxoni tayyorlaş va esdalik sovğalari oliş uçun 125 mln söm ajratilgan.
Toyloq tumani – 112 mln söm
Samarqand viloyatining Toyloq tumani hokimligi ham xotin-qizlar bayramiga 100 mln sömdan ortiq pul sarflamoqçi bölgan hokimliklardan biri hisoblanadi. Tuman hokimining 2023 yil 3 martdagi qarori bilan bayramni ötkazişga 112 mln söm ajratilgan.
Buloqboşi tumani – 30 mln söm
Andijon viloyati Buloqboşi tumani hokimi hamkasbi – Andijon şahri hokimidan farqi ravişda bayramda esdalik sovğalari sotib oliş xarajatlariga 30 mln söm ajratgan.

















