6-7 mart kunlari Toşkentdagi Turon kutubxonasida “Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: ğoyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qöşgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya ötkazilmoqda.

Konferensiyada AQŞ, Turkiya, Ozarboyjon, Rossiya, Qozoğiston, Şvetsiya va Germaniya kabi mamlakatlarning nufuzli jadidşunos olimlari turli ma’ruzalar bilan iştirok etyapti.

Kun.uz muxbiri Buxoroning sönggi amiri – manğit özbeklari sulolasidan bölmiş Amir Olimxonning tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan, hozirda Turkiyada yaşovçi nabirasi Binafşa Hatunöğli va uning turmuş örtoği Nurettin Hatunöğlidan intervyu oldi.

Nurettin Hatunöğli va Binafşa Hatunöğli

— 1920 yilda qizil armiya mamlakatni egallab olgaç, Said Amir Olimxon dastlab mamlakat şarqiga, keyinçalik Afğonistonga çiqib ketişga majbur böladi. Bundan keyingi hayoti qanday keçgan? Bilganlaringizni gapirib bersangiz.

Nurettin Hatunöğli:

— Afğonistonga ketganda öz xotirotlari bor, «Buxoroning hasratli tarixi» nomi ostida naşr qilindi Özbekistonda. Özining şaxsiy yoziqlari bölgani uçun obektiv bilib bölmaydi hamma narsani, ba’zi faktlarni biliş mumkin. Aytişiça, Amir Olimxon Afğonistonga yordam oliş uçun ketgan. Qaytiş niyati bor-yöqligi aniq emas. Qobuldagi Qal’ai Fatuda yaşaşga majbur bölgan, hatto Hajga boriş uçun ham ruxsat bermagan Afğoniston hukumati. 1944 yilda Afğonistonda vafot etgan. Uning farzandlari Qal’ai Fatudan Afğonistonning boşqa joylariga tarqalib ketgan. Janubiy mintaqalarida yangi yerlar tuzilib, obod qilingan va bir qismi öşa yerga ketgan, yaşaşga majbur qilingan. Mening otalarim ham şunday yaşagan.

— Aytilişiça, Afğonistonga çiqib ketayotganda Amir Olimxonning 3 farzandi bölgan. Ayrim farzandlari SSSRda qolgan, jumladan, Şohmurod Olimov, u harbiy xizmatda bölib, katta lavozimlarga ham kötarilgan. Keyinçalik bu kişilar Şohmurod Olimovlar bilan aloqa örnatişga harakat qildimi, nima böldi tarixi?

— Heç bir aloqalari yöq. Amir Olimxonning qolgan avlodlarining hammasi Afğonistonda dunyoga kelgan. Buxorodagi 3 öğlini olib ketolmagan, ular bilan heç qanday aloqalar qolmagan. Sovet paytida Özbekiston heç qaysi taşqi mamlakatlar bilan aloqasi bölmagan. Mening otalarim ham aloqani uzgan, asli andijonlikmiz biz.