Germaniya va Ukraina politsiya xizmatlari DoppelPaymer tölov dasturidan foydalangan holda keng kölamli kiberhujumlarni amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan Double-Spider guruhi hakerlariga qarşi birgalikda operatsiya ötkazdi. 28 fevral kuni Şimoliy Reyn-Vestfaliya jinoiy idorasi va Ukraina milliy politsiyasi Yevropol, Niderlandiya politsiyasi va AQŞ Federal qidiruv byurosi (FQB) kömagida ikki mamlakatda yirik miqyosda operatsiyani amalga oşirdi, deya xabar berdi 6 mart, duşanba kuni Dyusseldorfdagi Germaniya idorasi va Yevropol.
Şimoliy Reyn-Vestfaliya jinoiy idorasi vakillarining matbuot anjumanida ta’kidlaşiça, öşa kuni Germaniya va Ukrainada tintuvlar ötkazilgan, dalillar olinib, gumondorlar söroq qilingan. Şu munosabat bilan uç kişini hibsga oliş uçun orderlar mavjud, biroq ular Yevropa adliya organlaridan uzoqda ekani bois hali hibsga olinmagan. Qayd etilişiça, fuqaroligi noma’lum bölgan 41 yoşli rossiyalik va 32 yoşli erkak bir neça jinoyat sodir etgan. Qöşma Ştatlar rossiyalikni hibsga olişga yordam berganlarga 5 million dollar mukofot e’lon qildi, deb xabar berdi Şimoliy Reyn-Vestfaliya jinoiy idorasi. Bundan taşqari, Double-Spider jinoiy tarmoğida administrator bölib işlagan Rossiya fuqarosini hibsga oliş uçun order berilgan.
Öz navbatida, Yevropol ikki nafar rossiyalik - 31 yoşli Igor Garşin va 41 yoşli Igor Turaşev Germaniya iltimosiga köra Yevropada alohida qidiruvga berilgan şaxslar röyxatiga kiritilganini ma’lum qildi. Agentlik ma’lumotlariga köra, ikkalasi ham Yoşkar-Olada yaşaşi mumkin. Garşinning Yevropol veb-saytidagi kartasida qayd etilganidek, u nemis kompaniyalariga kiberhujumlarda faol iştirok etgan, kuzatuv, tizimlarga kiriş va jabr körgan firmalarning ma’lumotlarini şifrlaş bilan şuğullangan. Öz navbatida, Turaşev hujumlarni amalga oşirgan tarmoq administratori bölgan va nemis kompaniyalariga kiberhujumlarda asosiy gumondor hisoblanadi, deyiladi Yevropol saytida.
Tergov jami 11 nafar gumonlanuvçini aniqlaşga muvaffaq böldi, ular Ukraina, Germaniya, Rossiya va Moldovada istiqomat qiladi, deyiladi xabarda.

















