NATO razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiya qöşini Donetsk oblastidagi Baxmut şahri uçun janglarda Ukrainaga qaraganda beş barobar köp harbiylaridan ayrilmoqda. Bu haqda CNN muxbiriga Şimoliy Atlantika alyansi harbiy mulozimlaridan biri şaxsi sir qolişi şarti bilan ma’lumot bergan.

Telekanal manbasi ikki tomon yöqotişlari töğrisida aniq ma’lumotlarni keltirmagan. Şu bilan birga, u beş baravar farqqa qaramay, Ukrainaning Baxmut mudofaasi davomidagi yöqotişlari jiddiy ekanini ta’kidlagan. Yanvar oyida Der Spiegel nemis razvedkasiga asoslangan holda, Ukraina armiyasi har kuni şahar uçun janglarda uç xonali sonda ifodalanadigan miqdorda askar yöqotayotganini xabar qilgandi.

CNN Ukrainadagi mulozimlar bir neça bor Baxmut uçun janglar vaqtida Ukraina tomoni Rossiya tomoniga jiddiy zarar yetkazayotganini aytganiga e’tibor qaratgan. Telekanal Ukraina qurolli kuçlari qömondoni Oleksandr Sirskiyning 5 mart kuni Baxmutni mudofaa qilayotgan qismga taşrifi çoğida frontning bu uçastkasida Ukraina qurolli kuçlari «raqibning hujum salohiyatini pasaytirgani» töğrisidagi sözlariga e’tibor qaratgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uruşning 376-kuni yakunlari böyiça yöllagan videomurojaatida Baxmut mudofaasini davom ettiriş qarorini izohlarkan, şahar «butun uruş davomidagi eng katta natijalardan birini berayotgani»ni aytdi.

  • Baxmut uçun oğir janglar 2022 yil iyulidan buyon davom etmoqda. Bu yönalişda Rossiya tomonida asosiy kuç sifatida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi bölmoqda, uning saflarida sobiq mahbuslar ham jang qilmoqda. 2023 yil mart oyi boşida harbiy kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmut «amalda qurşab olingani»ni aytgan va Ukraina armiyasiga şaharni tark etişni taklif qilgandi.
  • Volodimir Zelenskiy Ukraina uçun Baxmutni mudofaa qiliş muhimligi, ammo bu har qanday qurbonlik evaziga bölmasligini aytgan. Uning sözlariga köra, Ukraina qurolli kuçlari frontning bu uçastkasida «bu mantiqqa töğri keladigan» vaqtga qadar jang qiladi. Ukraina prezidentining atrofidagilar ukrain armiyasi Baxmutdan «strategik çekinişi» mumkinligini istisno etmagan. Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti ekspertlari mart oyi boşida Ukraina qurolli kuçlari Baxmutning ayrim hududlaridan qöşinlarni olib çiqişga tayyorlanayotgani va köpriklarni portlatayotganini aytgandi.
  • 6 mart kuni internetda Ukraina harbiy va siyosiy rahbariyati Baxmut mudofaasini davom ettiriş böyiça yakdil fikrga ega emasligi haqida xabar tarqaldi, ammo şu kunning özida Ukraina prezidenti ofisi mamlakat qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy ham Baxmut uçun janglarni davom ettiriş tarafdori ekani haqida bayonot berdi. Bungaça nemis tabloidi Bild manbasi bir neça hafta oldin Zalujniy taktik sabablarga köra Baxmutni tark etiş haqida öylab körişni tavsiya qilganini xabar qilgandi.