Samarqand şahrida yaşovçi fuqaro viloyat IIBga murojaat qilib, öziga nisbatan tovlamaçilik qilmoqçi bölgan şaxsga qonuniy çora körişni söragan.

Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilişiça, fuqaro Samarqand şahar IIO FMB 7-sonli IIBga murojaat qilib borgan vaqtida, u yerda notaniş bir kimsa özining IIVda işlaşini aytib, nima sababdan u yerga kelganini sörab bilgan.

Söng fuqaroni qörqitib, işini ijobiy hal qilib beriş evaziga undan 5 000 dollar talab qilgan. Fuqaro öşa kimsa bilan örtalarida bölib ötgan suhbatni telefoniga yozib olgan va uni IIV ŞXBB Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlariga topşirgan.

Fuqaroning arizasiga asosan 2023 yil 2 mart kuni IIV ŞXBB Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda özini içki işlar xodimi deb taniştirgan şaxs fuqarodan 5 000 dollarni olayotgan vaqtida qölga olingan.

Uşbu fuqaroning şaxsiga aniqlik kiritilganda u 1992 yil Past Darğom tumanida tuğilgani, muqaddam içki işlar organlarida işlab keyin böşagani va bugun vaqtinça işsiz ekani ma’lum bölgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.