5 mart kuni Toşkent şahrida joylaşgan «Humo Arena» köp funksiyali muz saroyi Enter Engineering kompaniyasi homiyligi ostida «Xavfsiz hayot uçun» piyoda yuriş va velopoyga böyiça xayriya marafoni ötkaziladigan manzilga aylandi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbir bexatar taşqi muhitni, şu jumladan yöllarda xavfsizlikni şakllantirişga bağişlandi. Mamlakatning barça hududlarini qamrab olgan aksiya doirasida maktab öquvçilari, şuningdek, şahar böylab harakat qiliş uçun velosipedlardan muntazam foydalanadigan fuqarolar iştirok etdilar.

Marafonning oçiliş marosimida Enter Engineering boş direktori örinbosari — ma’muriy direktor Timur Abdullayev sözga çiqib, uşbu tadbir, şubhasiz, yöl harakati xavfsizligini mustahkamlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va ularning kelib çiqiş sabablarini aniqlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.

Şu bilan birga, u kompaniya tomonidan keçki payt maktabdan qaytayotgan öquvçilar va velosipedçilar uçun özidan yoruğlik taratuvçi nimça (jilet)lar tayyorlangani haqida sözladi.

Uşbu tadbir dasturida aksiya iştirokçilari va mehmonlari uçun ajoyib konsert dasturi taşkil etildi, uning doirasida marafonning faol iştirokçilariga qimmatbaho sovğalar topşirildi.

Enter Engineering matbuot xizmati Ⓣ