Gurjiston parlamenti birinçi öqişda qabul qilgan «taşqi ta’sir» töğrisidagi qonun loyihasi Yevropa Ittifoqi qadriyatlari va standartlariga mos kelmaydi, bu esa Tbilisining Yevropa Ittifoqiga qöşiliş maqsadiga ziddir. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning 7 mart, seşanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

«Hozirgi şakldagi qonun loyihasi fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalariga salbiy ta’sir körsatişi mumkin, bu ularning işidan foyda körgan köplab gruziyaliklar uçun salbiy oqibatlarga olib keladi», dedi Borrel va hujjatning yakuniy qabul qilinişi Gurjiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlarida «jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin» ekanini ta’kidladi.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Tbilisini demokratiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga sodiqlikni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi, şuningdek, xalqning tinç namoyiş ötkaziş huquqini eslatdi.

Avvalroq Tbilisida «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilinişi fonida keng kölamli norozilik namoyişi bölib ötdi. Parlament oldidagi maydonga bir neça ming kişi yiğildi. Gurjiston maxsus kuçlari miting iştirokçilarini tarqatiş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlardan foydalangan.

Gurjiston Içki işlar vazirligi bayonot bilan çiqib, unda namoyiş zöravonlik xarakteriga ega bölib, uning iştirokçilari politsiyaga qarşi «turli xil narsalar, jumladan, tez yonuvçi narsalar» qöllaganini da’vo qildi. Idora ma’lumotlariga köra, aksiya davomida uning iştirokçilari ham, huquq-tartibot idoralari xodimlari ham jarohatlangan.

Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili namoyişçilarni qöllab-quvvatladi. U hujjatga veto qöyişga va’da berdi. «Gurjistondagi barça hokimiyat institutlari va birinçi navbatda men mamlakatimiz Yevropa Ittifoqiga qöşilişi uçun hamma narsani qilişga majburman, şunda biz Yevropa integratsiyasiga yöl oçamiz», dedi u. «Uşbu qonun loyihasini qöllab-quvvatlagan» va unga ovoz berganlar «konstitutsiyani buzgan böladi», deya qöşimça qildi davlat rahbari.