Gurjiston muxolifati «çet el agentlari» töğrisidagi qonun qabul qilinişiga qarşi yangi norozilik aksiyasini e’lon qildi. Miting 8 mart, çorşanba kuni tuşdan keyin Tbilisidagi parlament binosi oldida bölib ötadi, dedi muxolifatdagi «Strategiya Agmaşenebeli» partiyasi rahbari Giorgiy Vaşadze jurnalistlarga.
U maxsus kuçlar va politsiyani bir kun avval Gurjiston poytaxti markaziga kirgan tinç namoyişçilarga nisbatan nomutanosib kuç işlatganlikda aybladi. «Köplab namoyişçilar hibsga olingan, ular orasida muxolifatdagi «Girçi» partiyasi rahbari Zurab Japaridze ham bor. Bir neça soatdan keyin parlament oldidagi maydonga keçagidan ham köproq odam yiğiladi», - dedi u. Vaşadze «jahon hamjamiyati Gurjistonning amaldagi rasmiylarini tinç aksiyani tarqatib yuborgani uçun albatta qoralaşiga» işonç bildirdi.
«Interfaks» xabariga köra, Tbilisi markazida muxolifat tarafdorlari va xavfsizlik xodimlari örtasidagi töqnaşuv keçgaça davom etgan. Agentlik ma’lumotiga qaraganda, Gurjiston parlamenti binosi oldidagi hudud töliq politsiya va maxsus kuçlar tomonidan nazorat qilinyapti, Rustaveli prospektida esa bir neça önlab namoyişçilar politsiya kordoni oldida turibdi, politsiyaçilarga yaqin kelganlar qölga olinyapti, deya xabar beradi agentlik.
Tbilisida ommaviy norozilik namoyişlari 7 mart kuni parlament tomonidan «çet el agentlari» haqidagi qonun birinçi öqişda qabul qilinganidan keyin boşlandi. Muxolifat yetakçilari öz tarafdorlarini köçaga çiqişga çaqirdi, parlament oldidagi maydonga bir neça ming kişi töplandi. Namoyiş vaqtida odamlar politsiya bilan töqnaşgan. Rustaveli prospektida namoyişçilar politsiyaçilarga Molotov kokteyli uloqtirişdi. Yonğin suv purkagiçlar yordami bilan öçirildi.
Gurjiston Içki işlar vazirligi norozilik aksiyasi zöravonlikka aylanganini da’vo qilgan bayonot berdi. Uning iştirokçilari, idora ma’lumotlariga köra, parlamentga kiriş yöllaridan birini tösişga uringan va «vazirlik xodimlariga nisbatan zöravonlik» qöllagan. «Agar iştirokçilar politsiyaning qonuniy talablariga böysunmasa va huquq-tartibot xodimlariga qarşilik körsatsa, politsiya qonunda belgilangan mutanosib kuç, jumladan, maxsus vositalarni qöllaydi», — deya hujjatdan iqtibos keltirgan «Gruziya Online» naşri.

















