Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Navröz bayrami munosabati bilan 2023 yil 19-23 mart kunlari aholining dam oliş kunlarini maroqli taşkil etiş hamda içki turizm yönalişida sayohatlarga jalb qiliş maqsadida respublika böylab çegirmalar joriy etildi.

Vazirlik respublika böylab joylaşgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlaniş şoxobçalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) çegirmalar hamda rejalaştirilgan tadbirlar, içki turizm yönalişida faoliyat olib boruvçi turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari röyxatini keltirdi.

Şuningdek, «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi 18-22 mart kunlari Özbekiston böylab amalga oşiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning ekonom va biznes klass tariflariga 21 foiz çegirma e’lon qildi.

Bundan taşqari, Madaniy meros agentligi tomonidan bayram kunlarida agentlik tizimidagi davlat muzeyi hamda direksiyalarning çiptalariga 10 foiz çegirmalar e’lon qilindi.

Şu bilan birga, «Vaqf» xayriya jamoat fondiga qaraşli va pulli kiriş çiptalari joriy qilingan madaniy meros obektlarida (ziyoratgoh va qadamjolar) 18–22 mart kunlari kiriş çiptalar narxiga kattalar uçun 20 foizli hamda yoşlar uçun 50 foizli çegirmalar e’lon qilindi.