Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov keça Turkiya elçisi Olgan Bekar bilan uçraşdi.

Muloqot çoğida özaro savdo va sarmoyaviy hamkorlik hajmini oşiriş istiqbollari muhokama qilindi. Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş körsatkiçlari sönggi uç yilda bir yarim barobar, investitsiyalar hajmi esa ikki barobar oşgani ta’kidlandi. Tomonlar ana şunday ijobiy dinamikani saqlab qoliş maqsadida faol hamkorlikni davom ettiriş niyatida ekanliklarini tasdiqladilar.

Özbekiston va Turkiya örtasidagi transport va logistika sohasidagi aloqalarni kengaytiriş va yölaklarni diversifikatsiya qiliş intensivligiga yuqori baho berildi. Şu nuqtayi nazardan, joriy yilda ikki mamlakat hududlari örtasida reyslar sonini köpaytiriş va yangi yönalişlardagi aviaqatnovlarni yölga qöyiş böyiça aniq çora-tadbirlar kelişib olindi.

Bundan taşqari, tomonlar joriy yilning ikkinçi yarmida Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Turkiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yiğilişini ötkazişning taşkiliy masalalarini körib çiqdilar. Bölajak tadbir kun tartibini istiqbolli şartnoma va kelişuvlar bilan boyitiş uçun tegişli vazirlik va idoralarning özaro hamkorligini faollaştiriş böyiça kelişuvga erişildi.