Gurjiston maxsus kuçlari 7 mart, seşanba kuni Tbilisidagi parlament binosi oldida «çet el agentlari» töğrisidagi qonunning qabul qilinişiga norozilik bildirgan miting iştirokçilariga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlardan foydalandi.

Çet el agentlari haqidagi qonun qabul qilinişiga qarşi çiqqan muxolifat mitingi bir neça soatdan beri davom etmoqda. Parlament oldidagi maydonga bir neça ming muxolifatçi yiğildi, deb xabar beradi «Interfaks». Rustaveli prospektida namoyişçilar politsiyaga Molotov kokteyli uloqtirişdi. Videolar Telegram-kanallar tomonidan e’lon qilingan. Yonğin suv purkagiçlar bilan öçirildi. Qurbonlar haqida ma’lumot yöq.

Gurjiston Içki işlar vazirligi norozilik aksiyasi zöravonlikka aylanganini da’vo qilgan bayonot berdi. Uning iştirokçilari, idora ma’lumotlariga köra, parlamentga kiriş yöllaridan birini tösişga uringan va «vazirlik xodimlariga nisbatan zöravonlik» qöllagan. «Agar iştirokçilar politsiyaning qonuniy talablariga böysunmasa va huquq-tartibot xodimlariga qarşilik körsatsa, politsiya qonunda belgilangan mutanosib kuç, jumladan, maxsus vositalarni qöllaydi», — deya hujjatdan iqtibos keltirgan «Gruziya Online».

Avvalroq köpçilik deputatlar birinçi öqişda «çet el agentlari»ni röyxatga oliş haqidagi – «Çet el ta’sirining oçiqligi töğrisida»gi qonun loyihalaridan birini qöllab-quvvatladi, unda nodavlat notijorat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalarining bir qismi «çet el agentlari» deb e’lon qilingan. Dastlab bu qonun loyihasi 9 mart kuni körib çiqilişi rejalaştirilgan edi, biroq kutilmaganda keçagi kun tartibiga kiritildi. «Novosti-Gruziya» xabariga köra, munozara muxolifatning iştirokisiz boşlangan.

Bahsli qonun loyihalari Gurjiston parlamentiga «Xalq kuçi» jamoat harakati tomonidan kiritilgan. U mamlakatda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan köp ötmay paydo böldi va maqsadlaridan biri sifatida «liberal mafkura tarğiboti» va «Ğarbning Gurjiston ni uruşga tortiş istagi»ga qarşi kuraşni belgiladi. Qonun loyihalarini «Xalq kuçi» bilan birgalikda parlamentdagi mutlaq köpçilik örinlarga ega bölgan hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi qöllab-quvvatladi.