Bu lavozimlar quyidagilar:
- Qonunçilik palatasi spikeri;
- Senat raisi;
- prezident (amaldagi Konstitutsiyada ham belgilangan);
- viloyat, tuman, şahar xalq deputatlari kengaşining raisi;
- hokim;
- Oliy sudning raisi va rais örinbosari;
- Sudyalar oliy kengaşining raisi va rais örinbosari;
- Markaziy saylov komissiyasi raisi;
- boş prokuror.
“Mana şu yuqorida sanab ötilgan lavozimdagi mansabdor şaxslar surunkasiga ikki muddatdan ortiq aynan bir lavozimga qöyilmaydi”, – dedi deputat Jahongir Şirinov.
“Konstitutsiyamizga kiritilayotgan taklifga muvofiq, endilikda qonunlarimizda saylaş huquqi çeklangan şaxslar röyxati bölmaydi. Faqatgina sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, şuningdek oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etganlik uçun sudning hukmiga köra ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslar saylovda iştirok etiş huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilişi mumkin. Ya’ni yuqorida sanab ötilgan şaxslar, ularning saylaş huquqi sudning qarori bilan çeklangan bölsagina ular saylovda iştirok eta olişmaydi, boşqa har qanday vaqtda ular ham saylaş huquqiga ega böladi.
Davlat ramzlari – millat timsoli ekanligidan kelib çiqib, ularga nisbatan hurmat tuyğusini kuçaytiriş va ularni himoya qiliş maqsadida “davlat ramzlari davlat himoyasidadir” degan konstitutsiyaviy norma örnatilmoqda.
Bundan taşqari, milliy valutamizga bağişlangan yangi modda kiritilib, unda Özbekiston Respublikasining pul birligi söm ekanligi, söm mamlakatning butun hududida yagona çeklanmagan qonuniy tölov vositasi ekani körsatilmoqda”, – dedi deputat.


















