Konstitutsiyaviy qonun loyihasida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis va prezident oldidagi mas’uliyati kuçaytirilmoqda. Bu haqda deputat Örol Örozboyev ma’lum qildi.
«Jumladan, Vazirlar Mahkamasi öz faoliyatini prezident tomonidan belgilab berilgan ijro etuvçi hokimiyatning asosiy yönalişlari doirasida amalga oşirişi belgilanmoqda. Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga Vazirlar Mahkamasining muayyan a’zosining öz faoliyati yuzasidan hisobotini eşitiş hamda zarur bölganda, uni iste’foga çiqariş töğrisida prezident körib çiqişi uçun taklif kiritiş vakolati berilmoqda», dedi u.
Bugun, 9 mart kuni Qonunçilik palatasi Konstitutsiyaning yangi tahriri böyiça yalpi majlis ötkazdi. Majlisda ertaga soat 10:00 gaça tanaffus e’lon qilindi. Majlis yakunida referendum sanasi e’lon qilinişi kutilmoqda.


















