9 mart kuni Qonunçilik palatasining yalpi majlisida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi körib çiqiladi. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev xabar berdi.
Xabarga köra yalpi majlisda deputatlarning pozitsiya va xulosalari tinglanadi.
Ta’kidlanişiça, majlisda «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi böyiça Özbekiston Respublikasi referendumini ötkaziş haqida» qaror qabul qilinişi kutilmoqda.
Tadbir «Özbekiston 24», «Özbekiston» teleradiokanallari, «UzReport» telekanali, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining rasmiy veb-sayti, YouTubeʼdagi sahifasi orqali jonli efirda namoyiş etiladi.
Ma’lumot uçun, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oşmoqda, Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga köpaymoqda, ya’ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda.


















