Qarz olingan mablağlar qayta tiklanadigan, ekologik toza energiya işlab çiqarişni kengaytirişga yönaltiriladi. Özbekiston 2019 yildan beri Jahon banki guruhining Scaling Solar dasturida iştirok etib keladi, endilikda loyiha ikkinçi bosqiçga ötdi.

Moliyalaştiriş hajmi 12 mln dollarni taşkil etadi. Uşbu mablağ evaziga Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 440 MVt bölgan 2 ta quyoş fotoelektr stansiyasi qurilib, işga tuşiriladi. Gap 220 MVt quvvatga ega quyoş fotoelektr stansiyasi loyihalari haqida ketmoqda, ularni amalga oşiriş uçun 2021 yil may oyida BAAning Masdar kompaniyasi jalb qilindi.

Investor ular işlab çiqaradigan energiya uçun eng past tarifni taklif qildi — kVt/soat uçun 1,57 sent. Quyoş fotoelektr stansiyalari işga tuşirilgaç, yiliga 1,1 mlrd kVt/soatgaça elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyatiga ega böladi. Ularning işga tuşirilişi atmosferaga çiqariladigan karbonat angidrid çiqindilarini yiliga 110 ming tonnaga kamaytirişi kutilmoqda (barça foydalaniş davrida 3,4 mln tonna).