Özbekiston parlamentida konstitutsiyani yangilaş haqida ma’ruza qilgan deputat Jahongir Şirinov asosiy qonunga kiritilayotgan ayrim özgarişlarni sanab ötdi.

“Davlat budjeti ijrosini nazorat qiliş, Hisob palatasining hisobotini körib çiqiş kabi vakolatlar bevosita xalq tomonidan töğridan töğri saylanadigan Qonunçilik palatasiga ötkazilmoqda. Bu özgartiş quyi palataning vakillik tabiatiga mos keladi hamda uning faoliyatini yanada samarali taşkil etiş imkonini beradi.

Ilğor xorijiy tajriba inobatga olinib, boş vazir nomzodini körib çiqiş va ma’qullaş vakolati Qonunçilik palatasining mutlaq vakolatiga ötkazilmoqda. Boş vazir nomzodini Qonunçilik palatasiga taqdim qilişdan oldin prezident tomonidan barça siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlaşuvlar ötkaziş tartibi joriy etilmoqda. Qonunçilik palatasi ma’qullaganidan keyin prezident boş vazirni lavozimga tayinlaydi.

Amaldagi tartibga köra, boş vazir nomzodini ilgari suriş faqat Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp ovoz olgan partiya irodasiga boğlab qöyilgan edi. Yangi taklif etilayotgan tartib orqali esa barça siyosiy partiyalar fraksiyalarining boş vazir nomzodini körib çiqişdagi iştiroki ta’minlanadi. Ya’ni bu boradagi qoidalar yanada demokratlaştirilmoqda”, – dedi Şirinov.

Uning qayd etişiça, hududiy manfaatlarni ifodalovçi organ sifatida Senatning mahalliy vakillik organlari faoliyatiga kömaklaşiş vakolati konstitutsiyada mustahkamlab qöyilmoqda.

Şuningdek, vazirliklar va boşqa respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarini tuziş va tugatiş töğrisidagi farmonlarni tasdiqlaş vakolatini ham Senatga ötkaziş taklif etilmoqda.