Qozoğiston Mudofaa vazirligining sobiq rahbari 2022 yil yanvaridagi tartibsizliklar böyiça jangovar vaziyatda mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topildi.

Qozoğistonda sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov 2022 yil yanvaridagi tartibsizliklar işi böyiça ozodlikdan mahrum etildi. Ma’lum bölişiça, 24 fevral kuniyoq vazir lavozimidan ozod etilgan Bektanov jangovar vaziyatda mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topilib, 12 yilga qamaldi.

Bu haqda Ostona şahridagi jinoiy işlar böyiça ixtisoslaştirilgan tumanlararo harbiy sudi qaror çiqardi, deb xabar bermoqda «Azattyk» radiosi. Şu bilan birga, uşbu işning maxfiyligi sababli batafsil ma’lumotlar oşkor etilmayapti.

Murat Bektanov Qozoğiston Mudofaa vazirligini 2021 yil avgustidan buyon boşqarib kelayotgan edi. 2022 yil 19 yanvarda u mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklardan söng öz lavozimidan ozod etilgan edi. Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev qurolli kuçlar qömondonligi va Bektanovni öta işonçsizlik va taşabbuskor boşqaruvning yöqligi, şuningdek, öziga yuklangan vazifalarni bajarmaganlikda aybladi.

Oradan bir oy ötgaç, Bektanov yanvar oyidagi tartibsizliklarda harakatsizlikda gumonlanib hibsga olinib, vaqtinçalik saqlaş izolyatoriga joylaştirildi. U Jinoyat kodeksining davlat organlari mansabdor şaxslarining harakatsizligi haqidagi 452-moddasini buzganlikda gumon qilingan. Tergov manfaati uçun boşqa ma’lumotlar oşkor etilmadi. Oktabr oyida iş harbiy sudga ötkazilgani ma’lum böldi.

Yanvar oyi boşida Qozoğiston ğarbidagi Janaözen şahrida suyultirilgan gaz narxining keskin oşişiga qarşi mitinglar boşlandi va bu tezda butun mamlakat böylab iqtisodiy va siyosiy talablar bilan ommaviy namoyişlarga aylanib ketdi. Ba’zi viloyatlarda 5 yanvarga ötar keçasi tartibsizliklar boşlandi, ma’muriy binolar, politsiya bölimlari va dökonlarga hujumlar uyuştirildi. Qozoğistonning eng yirik şahri - Olmaota eng köp zarar kördi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, tartibsizliklar davomida 225 kişi, jumladan, huquq-tartibot idoralarining 19 vakili halok bölgan, 4500 dan ortiq kişi jarohatlangan. Birgina sobiq poytaxtning özida tartibsizliklarda ayblanib, 2700 dan ortiq odam hibsga olingan. Prezident Töqayev hukumatni iste’foga çiqardi va mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. 6 yanvar kuni uning iltimosiga köra, Qozoğistonga «terror tahdidini yengişda» yordam beriş uçun qurolli kontingent yetib keldi. Yanvar oyi örtalarida KXŞT kuçlari bölinmalari Qozoğistonni tark etişdi.