Özbekiston parlamentida konstitutsiyani yangilaş haqida ma’ruza qilgan deputat Jahongir Şirinov asosiy qonunga kiritilayotgan ayrim özgarişlarni sanab ötdi.
“Parlamentning nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlarini lavozimga qöyiş borasidagi funksiyalari kuçaytirilmoqda hamda prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga ötkazilmoqda.
Jumladan, yangilanayotgan Konstitutsiyada boş prokuror, Hisob palatasi rahbarligiga nomzodlar avval Senatda körib çiqilib, keyin prezident tomonidan tayinlanişi, şuningdek monopoliyaga qarşi organ va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi rahbarlari Senat tomonidan saylanişi amaliyotini joriy etiş taklif etilmoqda.
Şuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati rahbarligiga nomzod avval Senat bilan maslahatlaşilgandan keyin prezident tomonidan tayinlanişi tartibi joriy etilmoqda.
Şuningdek, sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta’minlaş maqsadida Sudyalar oliy kengaşining barça a’zolarini Senat tomonidan saylaş tizimini kiritiş taklifi kiritilmoqda.
Uşbu yönalişdagi yana bir konseptual özgarişlardan biri bu – ma’muriy islohotlardan kelib çiqib, Senat tarkibini ixçamlaştiriş orqali uning faoliyat samaradorligini oşirişdir. Şu maqsadda senatorlar soni amaldagi 100 tadan 65 taga özgarmoqda. Bunda Senatni şakllantirişning amaldagi tartibi saqlanib qolinmoqda.
Qonun Senat tomonidan 60 kun içida körib çiqilişi belgilanmoqda. Agar Senat qonunni ma’qullaş yoki rad etiş töğrisida 60 kun içida qaror qabul qilmasa, Qonunçilik palatasi tomonidan qonun imzolanişi va e’lon qilinişi uçun Özbekiston Respublikasi prezidentiga yuborilişi nazarda tutilmoqda.
Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari ham kuçaytirilib, parlament nazoratining muhim şakli bölgan parlament tekşiruvi instituti Konstitutsiyada alohida mustahkamlab qöyilmoqda.
Şuningdek, Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça yillik milliy ma’ruzani eşitiş, davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilaş, parlament tekşiruvini amalga oşiriş kabi muhim vakolatlar palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiritilmoqda”, – dedi Jahongir Şirinov.


















