Özbekiston parlamentida konstitutsiyani yangilaş haqida ma’ruza qilgan deputat Jahongir Şirinov asosiy qonunga kiritilayotgan ayrim özgarişlarni sanab ötdi.

“Konstitutsiya loyihasiga köra, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hokimlarning xalq deputatlari kengaşlariga rahbarlik qiliş amaliyoti tugatilib, kengaşlarga hokimdan mustaqil bölgan alohida kengaş raisi rahbarlik qilişi belgilanmoqda.

Sodda qilib aytganda, endilikda viloyat va tuman (şahar)da xalq saylagan deputatlar hokim faoliyatini bevosita va xolisona nazorat qiliş imkoniyatiga ega böladi. Endi hududda ijro hokimiyatiga hokimlar, vakillik organiga hokimdan mustaqil bölgan mahalliy kengaşlar raislari rahbarlik qilişadi. Hokimlarning mahalliy kengaş oldida hisobot berişi esa, ularga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Ta’kidlaş lozimki, mahalliy kengaşlarning iş tartibi hozirgi tartibga moslaşib ketgani heç kimga sir emas. Şu sababli, kengaş raisi va hokim lavozimlarini bir-biridan birdaniga ajratib bölmaydi, buning uçun qonunçilik bazasini qayta körib çiqiş, kadrlarni tayyorlaş, moddiy-texnika masalalarini hal qiliş kerak böladi. Eng muhimi, hududlarda ikkita organ örtasida vazifalar takrorlanişiga yöl qöymaslik uçun, ularning vakolat va vazifalarini aniq qilib ajratib beriş lozim.

Şunga köra, kengaşlar raisi va hokim lavozimlarining bir-biridan ajratilişi – Toşkent şahar va viloyatlarning davlat hokimiyati organlariga nisbatan 2024 yildagi navbatdagi mahalliy kengaşlarga saylov natijalari böyiça, tuman va şaharning vakillik va ijro organlariga nisbatan esa 2026 yil 1 yanvardan boşlab qöllanilişi belgilanmoqda.

Yana bir masala. Loyihaning ilgari e’lon qilgan tahririda xalq deputatlari kengaşi tomonidan mahalliy budjetni körib çiqiş faqatgina hokimning taqdimiga binoan amalga oşirilişi körsatilgan edi. Bu esa deputatlarning bu boradagi vakolatini bevosita hokimga boğlab qöygan edi. Endilikda mana şunday tobelik çiqarib taşlanmoqda, ya’ni mazkur normaning yangi matnida xalq deputatlari kengaşi “mahalliy budjetlarni körib çiqiş va qabul qiliş, ularning ijro etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş” vakolati heç qanday şartlarsiz va tösiqlarsiz amalga oşirilişi körsatilmoqda. Bunday qoida hududiy dasturlarni tasdiqlaş jarayoniga nisbatan ham tatbiq etilmoqda”, – dedi Jahongir Şirinov.