Kompaniya bayonotiga köra, bosib olingan Zaporijjya AES va Ukraina energetika tizimi örtasidagi sönggi aloqa liniyasi uzilgan.
«Endi stansiya quvvatsizlandi va işğol paytida oltinçi marta blekaut rejimiga ötdi», — deyiladi xabar matnida.
«Energoatom» şuningdek, 5 va 6-energobloklar sovuq holatga ötkazilayotgani haqida xabar berdi.
Avvalroq Germaniya Radiatsiyadan himoya qiliş federal idorasi (BfS) Ukrainada yadroviy avariya xavfi davom etayotgani haqida ogohlantirgandi. BfS rahbari Inge Paulini 18 fevral kuni dpa bilan suhbatda, jiddiy oqibatlarga olib keladigan yadroviy halokat xavfi uruş davom etar ekan, saqlanib qolişi haqida aytib ötdi.
«Agressiv uruş boşlanganidan bir yil ötib, bu tahdid jamoatçilik fikrida yana orqa planga ötmoqda», dedi u. Paulini elektr ta’minoti kabi xavf omilidan xavotir bildirdi. «Elektr energiyasi atom elektr stansiyasining xavfsiz işlaşi uçun zarurdir», dedi u harbiy harakatlar yana Zaporijjya atom elektr stansiyasi hududidagi atom inşootlarining öçirilişiga olib kelişidan taşvişlanişini bildirib.
Uruş paytida Zaporijjya atom elektr stansiyasi köp marta öqqa tutilgan. Paulini obekt atrofida xavfsizlik zonasini yaratiş böyiça harakatlarni qöllab-quvvatladi. «Ukrainadagi va uning çegaralaridan uzoqdagi odamlarni himoya qiliş kerak. Buni Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik ham talab qilmoqda», - dedi u.


















