Gurjistonda «çet el agentlari» haqidagi bahsli qonun loyihasi qaytarib olinganiga qaramay, hukumatga qarşi namoyişlar davom etmoqda. 9 mart, payşanba kuni minglab odamlar yana Tbilisi markazida norozilik aksiyasiga yiğildi. Namoyişçilar Gurjiston, Ukraina va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini uşlab turişgan.

Muxolifat öz tarafdorlarini Gurjiston ğarbparast yöl tutişiga kafolat olmagunça namoyişlarni davom ettirişga çaqirdi. Avvalroq Gurjistonning hukmron partiyasi Rossiyadagi xuddi şunday qonunga öxşab ketadigan va u yerda özgaça fikrni bostiriş uçun qöllanadigan qonun loyihasini parlamentdan qaytarib olgan edi. Hujjatni qaytarib oliş töğrisidagi qaror zöravonlik va önlab muxolifat vakillarining hibsga olinişi bilan keçgan ommaviy norozilik namoyişlari fonida qabul qilingan.

Parlament 7 mart kuni bahsli qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Parlamentdagi köpçilik yetakçisi Mamuka Mdinaradze 9 mart kuni uning şeriklari hujjatni ikkinçi öqişda bekor qilişiga va’da berdi. Unga köra, parlament spikeri Şalva Papuaşvili allaqaçon Venetsiya komissiyasiga «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasini qaytarib oliş töğrisida xat yuborgan.

«Biz insonlarning salomatligi va hayotiga xavf tuğdirmaslik uçun qonun loyihasini qaytarib olişga qaror qildik. Sönggi kunlarda sodir bölgan harakatlar bilan boğliq şunday xavflar bor edi», - dedi Mdinaradze. Sönggi kunlardagi tartibsizliklar natijasida önlab politsiyaçilar yaralangan, 70 dan ortiq namoyişçi hibsga olingan.

9 mart kuni Gurjiston Içki işlar vazirligi 7 va 8 mart kunlari «çet el agentlari» töğrisidagi qonun qabul qilinişiga qarşi ötkazilgan norozilik aksiyalarida ma’muriy huquqbuzarlik uçun qölga olinganlarning barçasi ozod etilganini ma’lum qildi.

Avvalroq «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasini keskin tanqid qilgan Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili uşbu hujjatning parlamentdan qaytarilişini namoyişçilarning muvaffaqiyati deb atadi. «Men hamjamiyatni birinçi muvaffaqiyati bilan tabriklamoqçiman. Özini eşitişga majburlagan odamlar bilan faxrlanaman», dedi u rasmiy taşrif bilan bölib turgan Nyu-York şahridan yöllagan telemurojaatida.

Gurjistonning hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi avvalroq qonun loyihasini parlamentdan sözsiz qaytarib olişini e’lon qilgan edi. Partiya qonun loyihasining «yomon, çalğituvçi» ekanligini ta’kidlab, uning ma’nosini jamoatçilik bilan muzokaralarda yaxşiroq tuşuntirişga va’da berdi.