Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda siyosiy partiyalarning rolini oşiriş uçun aralaş saylov tizimiga ötişni taklif qildi. Bu haqda ÖzXDP yetakçisi Uluğbek Inoyatov Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 9 mart kuni bölib ötgan majlisida xabar berdi. 

Aralaş tizimga proporsional va majoritar tizim kiradi. Mandatlarning bir qismi proporsional tizim (partiya röyxatlari böyiça), ikkinçi qismi esa majoritar tizim (nomzodga ovoz beriş) böyiça taqsimlanadi. 

«Aralaş saylaş tizimiga ötiş, bu — jamiyatimizda, boşqaruvda siyosiy partiyalarning ta’sirini oşirişga xizmat qiladi. Şundan kelib çiqib, 92-moddada Qonunçilik palatasi aralaş saylov tizimi orqali şakllanişini aniq belgilab qöyiş böyiça munosabatingizni bilmoqçi edik», dedi Uluğbek Inoyatov. 

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi raisi Jahongir Şirinov amaldagi Konstitutsiya ham, yangilanayotgan Konstitutsiya ham aslida bunga tösqinlik qilmasligini ta’kidladi.

«Men sizning taklifingizni töliq qöllab-quvvatlayman», dedi u. 

Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov mazkur taklifni körib çiqiş va mazkur bandni kiritiş yoki kiritişni rad etiş töğrisida qaror qabul qilişni taklif etdi.

Ma’lumot uçun, majoritar saylov tizimi - davlat hokimiyati va mahalliy özini özi boşqariş organlariga saylov tizimi bölib, unda saylov okrugida köpçilik ovoz olgan nomzodlar saylangan deb hisoblanadi. Proporsional saylov tizimida esa saylovçilar aniq bir şaxsga emas, balki partiyaga ovoz beradi.