Ukraina şaharlariga yangi raketa zarbalari. Rossiya buni Bryansk uçun qasos deb atadi
|01:50 / 10.03.202346 13514 min
Rossiya yana Kiyev, Odessa, Xarkiv va Ukrainaning boşqa şaharlarini öqqa tutdi. Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni jami 81 raketa uçirilganini ma’lum qildi. Olti kişi halok bölgan.
Erta tongda Rossiya Ukraina böylab yoppasiga raketa zarbalari yölladi. Kiyev va Xarkiv şaharlarida, şuningdek köplab oblastlarda - Dnipropetrovsk, Odessa, Lviv va boşqa hududlarda portlaşlar röy berdi. Bu oy boşidan buyon röy bergan ilk yoppasiga hujum böldi. Mahalliy rasmiylar Lviv oblastida beş, Dnipropetrovsk oblastida bir kişi qurbon bölgani, Kiyevda uç kişi yaralanganini xabar qilişgan. Zarbalar oqibatida Zaporijjya AES öçgan. Rossiya bu zarbalar qasos ekanini ma’lum qildi.
Rossiya raketa zarbalaridan keyin Kiyev uzra kötarilgan tutun. Foto: Reuters
«Butun mamlakat böylab yoppasiga raketa zarbalari»
Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyning ma’lum qilişiça, rossiyalik harbiylar bu safar 81 raketa uçirgan. Uning ma’lumotiga köra, bular samolyotlardan uçirilgan X-101/X-555 (28 dona), «Kalibr» (20) va «Kinjal» (olti), şuningdek X-22 (bu ham oltita) rusumli qanotli raketalar bölgan. Bundan taşqari, uning tasdiqlaşiça, boşqariluvçi aviatsiya raketalari hamda zenit raketalari bölgan, şuningdek Shahed-136/131 rusumli sakkiz dona zarbdor dronlar bilan hujum qilingan.
Ukraina qurolli kuçlari aviatsiyasi vakili Yuriy Ignat Rossiya bu qadar köp miqdorda gipertovuşli raketalar («Kinjal») qöllaganini eslay olmasligini aytgan. «Xususan, MiG-31K samolyotlaridan ham foydalanildi. Avval bunaqasi bölganini eslay olmayman», degan Ignat.
Ukraina qurolli kuçlari ma’lumotiga köra, ukrainlarning havo hujumidan mudofaa tizimlari dronlarning yarmini hamda 48 ta qanotli raketadan 34 tasini urib tuşirgan. Bu kabi yirik hujumlar oxirgi bor yanvar va fevral oylarida bölgandi. Öşanda ham ukrain harbiylari 50 dan ortiq raketalar uçib kelganini aytişgandi.
«Oğir tun. Butun mamlakat böylab yoppasiga raketa hujumlari. Kiyev, Kirovograd, Dnipropetrovsk, Odessa, Xarkiv, Zaporijjya, Lviv, Ivano-Frankovsk, Jitomir, Vinnitsa. Kritik infratuzilma obektlari, turar joylarga hujumlar. Qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman.
Duşman yana bir bor ukrainaliklarni qörqitişga urinib, özining ayançli taktikasiga qaytgan holda 81 ta raketa otdi. Bosqinçilar faqat tinç aholini qörqitişi mumkin. Ularning qölidan keladigan narsa şu. Lekin bu ularga yordam bermaydi», deya yozgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy telegram-kanalida.
Mavzuga oid
Ukraina rasmiylari bir neça kun oldin Rossiya qişdan keyin yana energetika tizimlariga yoppasiga zarba berişi dargumon ekanini aytgan bölsa-da, bu tunda yana energiya infratuzilmasi zarba ostida qoldi. Mamlakatda energetika tizimiga Qrim köprigida portlaş röy bergan 10 oktyabrdan buyon oyiga bir neça martadan yoppasiga zarbalar berib kelinmoqda.
«Terrorçilar bizni svetdan mahrum etiş uçun maksimal darajada sa’y-harakatlar qilmoqda. Ular tinç aholini terror qilişda davom etmoqda», deya raketa zarbalarining yangi tölqiniga izoh berdi Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak.
Ukrainaning energetika sohasidagi DTEK kompaniyasi ma’lum qilişiça, otişmalar tufayli uçta issiqlik elektr stansiyasi şikastlangan. Kompaniyadagilar Kiyev, Odessa, Mikolayiv va Dnipropetrovsk oblastlarida ham favqulodda elektr uzilişlari röy berganini ma’lum qilgan.
Ukrainada havo trevogasi qariyb butun tun davom etgan.
Kiyevda raketa parçalari qulaşi oqibatlari. Foto: Reuters
Rossiya mudofaa vazirligi bu zarbalarni göyoki 2 mart kuni Kiyev tomonidan «Bryansk oblastida uyuştirilgan terrorçilik aksiyasi»ga javoban berilgan «yoppasiga qasos zarbasi» deb atadi.
2 mart kuni qurollangan guruh Bryansk oblastida Ukraina bilan çegaradoş ikki qişloqqa reyd uyuştirgandi. Qişloqlardan birida ikki kişi otib taşlangan. Kreml buni terrorçilik hujumi deb atagan va Ukraina hukumatini bu hujumni tayyorlaşda ayblagan. Kiyev bu reydga aloqadorligini rad etgan, hujum uçun mas’uliyatni «Rossiya köngillilar korpusi» öz zimmasiga olgan.
Rossiya mudofaa vazirligi Bryansk oblastidagi hujumga javoban havo, dengiz va quruqlikdan raketalar uçirilgani, jumladan «Kinjal» gipertovuşli raketa tizimi bilan «Ukraina harbiy tuzilmasining muhim elementlari», harbiy-sanoat kompleksi va «ularni ta’minlovçi energetika obektlari»ga zarba berganini ma’lum qilgan.
Bunday nişonlar jamlanmasi rossiyalik harbiylar tomonidan an’anaviy tarzda qöllab kelinadi, ammo ular oktyabr oyida Qrim köprigida röy bergan portlaşdan buyon ilk bor «qasos» haqida aytişmoqda.
Kiyev
Kiyev böylab berilgan raketa zarbalari oqibatida turar joy hovlisida çiqqan yonğin, 2023 yil 9 mart.
Ruslan Kaniuka / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Soat 4:25 atrofida Kiyev meri Vitaliy Kliçko Ukraina poytaxtining Goloseyevskiy va Svyatoşinskiy rayonlarida röy bergan portlaşlar haqida xabar berdi. Uning sözlariga köra, Svyatoşinskiy rayonida ikki kişi yaralangan.
«Uylardan birining hovlisidagi avtomobil yonib ketgan», deya yozdi Kliçko öz telegram-kanalida. Keyinroq u ertalab Kiyevga qilingan hujumlar oqibatida energiya obekti şikastlanganini ma’lum qildi.
DTEK kompaniyasi xabariga köra, navbatdagi raketa hujumlari oqibatida Kiyev oblastida elektr favqulodda öçişi boşlangan, Kliçko esa keyinroq favqulodda öçirişlar tufayli Ukraina poytaxtida iste’molçilarning 40 foizi elektr energiyasidan uzilgani, içimlik suvi ta’minoti ştat rejimida amalga oşirilayotgani haqida yozdi.
Kiyev oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkoning ma’lum qilişiça, Kiyevda trevoga yetti soat davom etgan. U Zalujniydan oldinroq Rossiya bu safar amalda barça tipdagi raketalarni qöllaganini aytgandi.
«Havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz tufayli qanotli raketalar va dronlar poytaxtga ötkazilmadi. Ammo, afsuski «Kinjal» aeroballistik raketasi (dastlabki ma’lumot) infratuzilma obektiga urildi», deya uning sözlarini keltirgan UNIAN.
Kiyev böylab raketa zarbasi oqibatlari, 2023 yil 9 mart
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Lviv oblasti
Lviv oblastining Zoloçevskiy rayonida raketa aholi yaşovçi uylar joylaşgan hududga tuşgan. Yonğin boşlangan. Lviv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiy beş kişi halok bölganini ma’lum qilgan.
Lviv oblastida raketa zarbasi oqibatlari. Foto: LVIV REGIONAL MILITARY ADMINISTRATION
«Tört nafari katta yoşli kişilar. Ikki erkak va ikki ayol. Raketa kelib urilgan vaqtda ular öz uylarida bölişgan», degan u va keyinroq 1963 yilda tuğilgan yana bir kişining jasadi topilganini xabar qilgan.
Xarobalarni tozalaş işlari davom etmoqda. Kozitskiyning ma’lumotiga köra, yonğin oqibatida uçta uy, uçta avtomobil, garaj va bir qança xöjalik binolari yakson bölgan. U zarba oqibatlari aks etgan videoni namoyiş etgan, unda köça böyidagi bir neça yer bilan bitta bölganini köriş mumkin.
«Duşman ğazab otiga mingan. Ular ançadan buyon frontda muvaffaqiyatga erişa olmayapti. Şuning uçun butun Ukraina böylab ma’nosiz xaotik zarbalar yöllamoqda. Duç kelgan tomonga otişmoqda, çunki ular uçun bu yerdagilarning barçasi duşman», deya zarbalarga izoh bergan Lviv şahri meri Ondriy Sadoviy.
Qutqaruvçilar Lviv oblastida raketa zarbasi qurboni jasadini olib ketmoqda, 2023 yil 9 mart.
Press service of the State Emergency Service of Ukraine in Lviv region / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv
Tunda rossiyalik harbiylar Xarkiv şahri va Xarkiv oblasti böylab 15 zarba yöllagan. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning sözlariga köra, bu safar ham muhim infratuzilma obektlari nişonga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, Xarkiv oblastida turar joy binosiga ham raketa kelib tuşgan.
«Xarkivning ayrim rayonlarida elektr ta’minoti böyiça muammolar bor», degan şahar meri Igor Terexov.
Odessa oblasti
Rossiyalik harbiylar Odessa oblastida energetika infratuzilmalariga zarbalar bergan, şuningdek turar joy binolari şikastlangan. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Marçenkoga köra, jabrlanganlar yöq.
«Duşmanning raketa zarbasi oqibatida Odessa oblastida bir neça elektr uzatiş liniyalari va ustunlarga zarar yetdi. Ayni vaqtda elektr energiyasi favqulodda öçirilmoqda», degan Marçenko.
Uning ma’lumotiga köra, ukrain havo hujumidan mudofaa kuçlari oblast osmonida oltita raketa va bitta dronni urib tuşirgan.
Dnipropetrovsk oblasti
Tun Dnipropetrovsk oblastida ham oğir keçgan. Oblast harbiy ma’muriyati Dnipro, Pavlodar, Krivoy Rih va Nikopol hududlariga raketa va dronlar uçib kelganini xabar qilgan.
«Dastlabki ma’lumotlarga köra, yoppasiga hujumlar oqibatida bir kişi halok bölib, ikki kişi jabrlangan», deya yozgan ma’muriyat rahbari Sergey Lisak öz telegram-kanalida.
Energetika infratuzilmalari va sanoat korxonalari şikastlangan, Lisakning aniqlik kiritişiça, «bu joylarda jiddiy vayrongarçiliklar» kuzatilgan.
Uning ma’lumotiga köra, havo hujumidan mudofaa tizimi oblast osmonida rossiyaliklarning yettita raketasini urib tuşirgan. Tunda oblast hududi artilleriyadan ham öqqa tutilgan, Nikopol şahri va Nikopol rayoni zarbaga uçragan. Buning oqibatida 34 yoşli erkak halok bölib, 28 yoşli ayol va 19 yoşli yigit jabrlangan.
Zaporojjya AES
«Energoatom» xabariga köra, rossiyaliklarning taxminan soat törtda boşlangan zarbalari tufayli Zaporijjya AES butkul öçib qolgan. «Okkupatsiya ostidagi Zaporojjya AES va Ukraina energiya tizimi örtasidagi sönggi aloqa liniyasi uzildi», deyiladi operator kompaniya xabarida.
«Bugun tongda, mahalliy vaqt bilan soat taxminan beş atrofida Zaporijjya AES oxirgi 750 kv.li liniyasi öçgaç, barça taşqi quvvat manbalarini yöqotdi, 330 kV.li yagona zaxira liniyasi bir neça kun oldin şikastlangan va hozirda ta’mirlanmoqda», dedi payşanba kuni XAEA (MAGATE) rahbari Rafael Grossi.
«Energoatom»dagilarning ta’kidlaşiça, bu Yevropadagi eng yirik AESning uruş vaqtida oltinçi bor öçirilişidir. 5- va 6-energobloklar «sovuq holat»ga ötkazilgan, ya’ni elektr energiyasi işlab çiqarilmaydi. Zaporijjya AES öz ehtiyojlarini ta’minlaş uçun 18 ta dizel generatorlardan foydalanadi.
«Ularning işlaşi uçun 10 kunga yetarli yonilği qolgan. Ortga hisoblaş boşlandi», deya ogohlantiradi operator. Agar şu vaqt içida stansiyaning taşqi elektr ta’minoti tiklanmasa, «butun dunyo uçun radiatsiyaviy oqibatlarga ega böladigan avariya» röy berişi mumkin.
Stansiyaning taşqi elektr ta’minotidan töliq uzilişi bilan boğliq oldingi holat 23 noyabrda röy bergandi. «Eslatib ötaman, bu Yevropadagi eng yirik atom stansiyasi. Biz nima qilyapmiz? Bunday hodisa sodir bölayotganida qanday qilib xonada ötiriş mumkin? Bunday davom etib bölmaydi», degan Grossi.
Boşqa oqibatlar
Jitomir oblastida kamikadze dronlar energetika infratuzilma obektlaridan biriga zarba bergan. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Buneçkoga köra, qurbonlar yöq.
Şuningdek, Kirovograd va Ivano-Frankovsk oblastlarida ham energetika obektlariga zarbalar qayd etilgan.
Mikolayiv oblastida raketalar kelib urilişi haqida xabar berilmagan, ammo «Yug» havo qömondonligiga köra, tunda oblast ustida turli tipdagi töqqizta raketa urib tuşirilgan.
Bir oy içidagi ilk yoppa zarbalar
Foto: Zelenskiy / Telegram
Oldingi raketa zarbalari 18 fevral kuni - şanba tongida amalga oşirilgandi. Öşanda Rossiya Qora dengizdan «Kalibr» rusumli törtta qanotli raketalar uçirgan, havo hujumidan mudofaa kuçlari ularning barini urib tuşirgandi.
Bugungi kölamdagi sönggi raketa zarbalari 10 fevral kuniga töğri keladi, öşanda Ukraina qurolli kuçlari 71 raketa uçirilgani, şundan 61 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urib tuşirilganini ma’lum qilgan.
Öşanda Ukraina boş vaziri Denis Şmigal bu Ukrainaning muhim infratuzilmalari tomon qilingan 14-ommaviy hujum bölganini aytgandi. Portlaşlar Kiyev, Lviv, Xarkiv boşqa regionlarda röy bergan.
Rossiya Ukrainaning muhim infratuzilmalarini ilk bor 2022 yil 10 oktyabrida - duşanba tongida yoppasiga öqqa tutgandi. Öşanda Kiyev, Lviv, Dnipro va mamlakatning boşqa şaharlarida portlaşlar kuzatilgan. Ukrainaning sakkiz regionida 10 dan ortiq muhim infratuzilma obektlari şikastlangandi.
Şundan buyon Rossiya hujumlarni kuçaytirib keladi va ulardan biri - 23 noyabrda amalga oşirilgani - Ukraina energiya tizimida vaqtinça blekautga sabab böladi. Ammo qiş oxiriga kelib, pessimistik prognozlarga ters ölaroq, Ukrainaning aksar regionlarida elektr ta’minotini barqarorlaştirişga erişildi.
Yanvar oyida navbatdagi raketa zarbalari tölqini vaqtida Dniproda önlab kişilar halok böldi - raketa köp qavatli turar joy binosining ikki pod’yezdini vayron qilgandi.