Hindiston hukumati farmatsevtika kompaniyalariga propilenglikol (PG) moddasidan foydalanişni taqiqladi. Uşbu modda Marion Biotech kompaniyasining yötalga qarşi siroplari uçun ingrediyent yetkazib bergan kompaniya bilan boğliq. 

Reuters xabariga köra, hukumat Dehli şahrida joylaşgan ta’minot kompaniyasining PG moddasidan foydalanişni töxtatişni buyurgan. 

Hindistonning giyohvand moddalari ustidan nazorat qiluvçi departamenti (DCGI) xatiga köra, Dehli şahrida joylaşgan Maya Chemtech kompaniyasi PG moddasining asosiy ta’minotçisi bölgan. U Marion Biotech kompaniyasiga etilenglikol (EG) va dietilenglikol (DEG) ham yetkazib bergan edi.  

Xabarda nega PG moddasidan foydalaniş taqiqlangani haqida ma’lumot yöq. 

Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabr oyida Özbekistonda Marion Biotech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan «Dok-1 MAKS» yötalga qarşi siropidan önlab bolalar vafot etgan edi. Şundan söng, Marion Biotech kompaniyasi zavodida işlab çiqariş jarayoni töxtatildi.  

Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, dori vositalari tarkibida propilenglikol örniga yoki u bilan birga etilenglikol (EG) va dietilenglikol (DEG) moddalari aniqlangan. Uşbu moddalar öta zaharli bölib, sanoatda suyultiruvçi vosita sifatida işlatiladi.  

JSST uşbu moddalar oz miqdorda qabul qilinganda ham ölimga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirdi va heç qaçon dori vositalarida işlatilmasligi lozimligini ta’kidladi.  

Hindiston politsiyasi 3 mart kuni Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining 3 nafar yuqori lavozimli xodimini hibsga olgan edi.