Buxoro viloyatida yaşovçi fuqaro YHXB inspektoriga pora taklif qilgan. Bu haqda IIV xabar berdi.
Qayd etilişiça, spirtli içimlik iste’mol qilgan holda avtomobil boşqarib, yöl harakati qoidabuzarligini sodir etgan haydovçi ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirmaslik va avtomaşinani jarima maydonçasidan çiqarib beriş evaziga inspektorga 100 dollar miqdorida pora taklif qilgan.
Inspektorning IIB boşliği nomiga yozgan bildirgisi asosida 2023 yil 6 mart kuni IIV Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi va Departamentning viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida Kogon şahrida joylaşgan avtomobil maydonçasida fuqaro inspektorga 100 dollarni pora tariqasida bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
















