Soğliqni saqlaş vazirligi qarori bilan litsenziyasi töxtatilgan «StarMedsentr» klinikasi faoliyati vaqtinça töxtatilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Soğliqni saqlaş vazirligi bloger F.Mannopov vafoti yuzasidan «OMAD PLYUS» MÇJga qaraşli «StarMedsentr» klinikasida tekşiruvlar olib borilayotganini, şu sababli muassasa faoliyati vaqtinça töxtatilganini ma’lum qilgan edi.
Şundan söng ayrim internet naşrlarida mazkur xususiy klinika hali ham işlayotgani, vazirlik esa jamoatçilikka notöğri axborot taqdim etgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Soğliqni saqlaş vazirligi vakolatli organ sifatida tibbiy faoliyat uçun litsenziya beriş jarayonini taşkil etişda «Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan prinsiplarga, xususan, fuqarolar hayoti va soğliğini saqlaşning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilişning ustuvorligiga amal qilgan holda lisenziatlar tomonidan litsenziya talablariga töliq muvofiqlik ta’minlanişini nazorat qiladi.
Şundan kelib çiqqan holda ayni paytda vazirlik tegişli organlar bilan birgalikda fuqaro F.Mannopov vafoti yuzasidan poytaxtimizdagi «StarMedsentr» klinikasida örganiş işlarini olib bormoqda. Dastlabki tekşiruv ma’lumotlariga köra, mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va şartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan.
Şu bois Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi töğrisida yagona nizom»ning 40-bandiga asoslanib, vazirlikning joriy yil 11 martdagi 33-06795-sonli qarori bilan «OMAD PLYUS» MÇJga 2021 yil 16 fevralda tibbiy faoliyat uçun berilgan 27390032-sonli litsenziya talablari va şartlari buzilgani hamda kelgusida salbiy oqibatlar kelib çiqişining oldini oliş maqsadida vaqtinça töxtatilgan.
Bu haqdagi ma’lumot esa vazirlikning 33-06793-sonli xati bilan şu yil 11 mart kuni mazkur klinikaning elektron şaxsiy kabineti va telefon raqamiga SMS orqali yuborilgan. Qolaversa, 13 mart kuni tegişli hujjatlar qoğoz şaklida takroran klinikaning poçta va faoliyat manziliga jönatilgan.
Qolaversa, Adliya vazirligining mazkur reyestrida ham uşbu taşkilotning litsenziyasi töxtatilganini köriş mumkin», deyiladi xabarda.

















