«Özavtosanoat» raisi Şavkat Böronoviç Umrzoqov nomzodi Toşkent şahar hokimi lavozimi uçun körib çiqilmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» bir neça manbasiga tayanib xabar berdi.

  • Köp ötmay prezident administratsiyasiga yaqin hisoblangan Davlat boshqaruvi telegram-kanali esa Şavkat Umrzoqovni Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida e’lon qildi.

Şavkat Umrzoqov 1979 yilda tuğilgan, muqaddam prokuratura tizimida işlagan, 2011 yil iyunidan 2013 yil sentabriga qadar Toşkent viloyati prokuraturasining iqtisodiy jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi boşliği bölgan, 2013-2018 yillarda Özbekiston boş prokuraturasida Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

2018 yil iyunida «Özavtosanoat» raisi etib tayinlangandi.

«Mehnat şuhrati» ordeni (2020) va «Sodiq xizmatlari uçun» medali (2013) bilan taqdirlangan.

  • Eslatib ötamiz, 2018 yil aprelidan buyon Toşkent şahriga hokimlik qilib kelgan Ortiqxöjayev 2023 yilning ilk haftalarida şaharda elektr va tabiiy gaz ta’minoti bilan boğliq jiddiy muammo yuzaga kelişi ortidan 16 yanvar kuni işdan böşatildi.
  • Şundan söng, şahar hokimining birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonov Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.