Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTHda yo‘l qurilish tashkiloti rahbari ayblanmoqda. Ish sudda ko‘riladi
Andijon viloyati Bo‘ston tumanida avtobus va ISUZU yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashib ketgandi. Tergov davomida qurilish tashkiloti yo‘l belgilarini o‘rnatishda belgilangan tartib me’yorlarini buzgani aniqlangan.
2022 yilning 26 noyabr kuni soat 9:30larda xalqaro A373-magistral yo‘lining Bo‘ston tumanidan o‘tgan 391-kilometrida o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgandi. YTHda avtobus va ISUZU yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashib ketgan, buning oqibatida voqea joyida 3 kishi, shifoxonada yana 1 kishi vafot etgandi.
“Daryo”ning yozishicha, Andijon viloyati prokuraturasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida YTH oqibatida 6 nafar fuqaro vafot etgani ma’lum qilingan. Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan yo‘l qurilish tashkiloti rahbari va tashkilotning bir nafar ish yurituvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida qurilish tashkiloti yo‘l belgilarini o‘rnatishda belgilangan tartib me’yorlarini buzgani aniqlangan. Hozirda ish yakunlanib, sudga yuborilgan.
Avtobusning ISUZU yuk mashinasi bilan to‘qnashuviga yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib harakatlangani sabab bo‘lgan. Yo‘ldagi ta’mirlash ishlari tufayli transport vositalari harakati qarama-qarshi tomondan tashkil etilgan, bunda YHXX bilan kelishilmagan.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026