Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining litsenziyasi Hindistonning Uttar-Pradeş ştati rasmiylari tomonidan bekor qilindi. Endi kompaniya sirop işlab çiqara olmaydi. Tergov Marion Biotech dori vositalarining namunalari «soxtalaştirilgani» va sifat standartlariga javob bermasligini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining uçta moddasi bilan iş qözğatilgan.
«Yanvar oyidan boşlab firma litsenziyasi töxtatilgan, şundan söng batafsil tekşiruv boşlandi. Firma litsenziyasi endi Uttar-Pradeş Giyohvand moddalar nazorati boşqarmasi tomonidan bekor qilindi. Firma endi sirop işlab çiqara olmaydi», dedi hukumat amaldori 22 mart kuni.
Avvalroq, 3 mart kuni Hindiston politsiyasi Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining 3 nafar yuqori martabali xodimini hibsga olgani xabar qilingandi.
Marion Biotech dorilarini laboratoriya tekşiruvi natijalari şuni körsatdiki, 22 ta namunaning tarkibi «buzilgan va qalbakilaştirilgan». Politsiya xodimi Ram Badan Singx sözlariga köra, Marion Biotech kompaniyasining işlab çiqariş direktori va 2 nafar kimyogari hibsga olingan. Qolgan ikki direktor «mamlakatdan taşqarida va Hindistonga qaytişi bilanoq hibsga olinadi».
Press Trust of India ma’lumotlariga köra, da’vo Hindiston Jinoyat kodeksining 274- (Dori vositalarini qalbakilaştiriş), 275- (Qalbaki dori vositalarini sotiş) va 276- (Dori vositalarini boşqa dori yoki dorivor mahsulot sifatida sotiş) moddalari böyiça qözğatilgan.
Tergov, şuningdek, Marion Biotech dori vositalarining namunalari «soxtalaştirilgani» va tegişli sifat standartlariga javob bermasligini aniqladi. Barça tekşiruvlar davlat laboratoriyasida ötkazildi.
Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabr oyida Özbekistonda Marion Biotech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan «Dok-1 MAX» yötal siropini içiş oqibatida önlab bolalar halok bölgan edi. Şundan söng Marion Biotech zavodida işlab çiqariş jarayoni töxtatildi.
2023 yil yanvar oyida JSST Marion Biotech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan «Ambronol» yötal siropi va «Dok-1 MAX» siropi tarkibida dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) zaharli moddalari borligini tasdiqladi.
JSST bu moddalar oz miqdorda bölsa ham ölimga olib kelişi mumkinligi va ularni tibbiyotda işlatmaslik kerakligi haqida ogohlantirdi.

















