Şotlandiya millatçilari partiyasi (ŞMP) 27 mart kuni Hamza Yusufni partiyaning navbatdagi rahbari etib tanladilar. 37 yoşli musulmon hukmron ŞMP yetakçisi sifatida Nikola Styorjyen örnini egallaydi va yarim avtonom hukumat rahbari böladi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Yusuf Şotlandiyaning Angliya bilan 300 yillik ittifoqiga barham beriş asosiy maqsadi bölgan partiyani boşqaradi.
Yusuf birinçi turda ŞMP a’zolarining 24 336 ovozini töpladi, uning asosiy raqibi, Şotlandiya moliya vaziri Keyt Forbs 20 559 ovoz bilan ikkinçi örinni egalladi. Eş Rigan 5599 ovoz bilan uçinçi böldi.
Endi Yusuf mamlakat parlamentida ovoz beriş jarayonida ğalaba qozonsa, çorşanba kuni Şotlandiya rahbari sifatida qasamyod qiladi.
Yusuf — Şotlandiya mustaqilligi tarafdori. Uning otasi pokistonlik, onasi esa keniyalik, özi Glazgoda tuğilgan.
Angliya, Şotlandiya, Uels va Şimoliy Irlandiyani öz içiga olgan Birlaşgan Qirollikning 68 millionlik umumiy aholisidan taxminan 5,5 millionini şotlandlar taşkil qiladi. Mamlakat 1999 yildan boşlab öz parlamenti va hukumatiga ega.
Şotlandiya mustaqilligi böyiça birinçi referendum 2014 yilda ötkazildi. Unda mintaqada yaşovçi fuqarolardan «Mamlakat mustaqil bölişi kerakmi?» degan savolga javob beriş söralgan edi. Yakuniy natijalarga köra, ovoz berganlarning 55,3 foizi ajralib çiqişga qarşi böldi, 44,7 foizi esa mustaqillikni yoqladi.
2022 yil noyabr oyida Buyuk Britaniya Oliy sudi Britaniya parlamenti roziligisiz Şotlandiya ikkinçi marta mustaqillik referendumini ötkaza olmasligi haqida qaror çiqardi.

















