Ma’lumot uçun, 1,5 trln söm ajratilgan va tasdiqlangan 33 mingdan ziyod taşabbus uçun 12 mlndan ortiq ovoz töplab bölindi. Bu – mutlaqo rekord. Avvalgi mavsumda jami 7,8 mln ovoz töplangan edi.

Ovoz tilanayotgan öqituvçilar

Biroq «Openbudjet»ga bu yilgi ovoz töplaş jarayoni köçilikning ğaşini keltirmoqda. Köçalarda öqituvçilar va hamşiralar ovoz tilanib yuribdi. Boşqa odamlar «Pepsi», «Kola» tarqatiş va «Paynet» orqali pul ötkazib beriş evaziga ovoz sotib olyapti. Bu nohaqlik, adolatsizlikdek körinmoqda, çunki kiçikroq mahallalar va maktablar öz taşabbusiga ovoz töplolmasdan qolib ketmoqda.

Rosti, özi yaqindagina majburiy mehnatdan qutilgan öqituvçilar armiyasi maktablarning moddiy texnika ta’minoti va ta’mirlaşi uçun ovoz töplaşga safarbar qilinayotgani kişini öylantiradi.

Öqituvçilar uyma-uy yurib, köçalarda odamlardan iltimos qilib ovoz töplaşmoqda. Direktorlar tomonidan har bir öqituvçi zimmasiga 100-200 tadan ovoz töplaş majburiyati yuklangan, yuklamani bajarmaganlarga çora körilişi bilan ham tahdid qilinmoqda ekan. Maktablarning Telegram guruhlaridan kelayotgan skrinşotlar bundan dalolat berib turibdi.

Şifoxona, poliklinikalar bilan ham xuddi şu ahvol. Hamşiralar köçama-köça sarson, vraçlar esa huzuriga kelgan bemorning ovozini olmasa körikni boşlamayapti. Bolalar boğçalari bilan ham ayni mana şunday holat.

Ovoz töplab beriş uçun xizmat körsatuvçi örtakaşlar paydo bölgan. Odamlarga ovozi evaziga «Koka-Kola» va «Pepsi» berib, şuningdek, telefon raqamiga 10-15 ming söm pul ötkazib ovozlarni sotib olişmoqda.

Men özim otam yaşaydigan mahallaning köçasini qöydim. Qarindoş-uruğ, taniş-biliş, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon berib, atigi 55 ta ovoz jamğara oldim. Holbuki, tumanda köçalar borasida eng ilğor mahalla 5 mingdan ziyod ovoz töplab qöyibdi.

Xöş, taşabbuslarga ovozlar qanday töplanmoqda?

Vaziyatdan taniş suhbatdoşim şunday hikoya qiladi:

«Loyihalar paytida bu işlarga aralaşib qolgan edim, sababi – bir quruvçi qarindoşim «boğça ta’miri böyiça loyihani yutişim kerak, bölmasa bu loyihani menga bermaydi», deb yordam sörab kelib qoldi.