Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida joylaşgan 17-maktab direktori işdan olindi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) xabar berdi.
Avvalroq, uşbu maktab öquvçilarining dars vaqtida pul olib keliş uçun uyiga jönatilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, unda öquvçilar sim-karta sotib oliş uçun 10 ming söm pul söralayotganini aytişgan edi.
MMTV tomonidan ötkazilgan örganişda holat haqiqatan ham «Taşabbusli budjet» bilan boğliqligi öz tasdiğini topgan. Xabarda maktab direktorining ismi-şarifi, öqituvçi kim ekani, nima uçun ogohlantiriş olgani batafsil keltirilmagan.
«Maktabi yaqinda ta’mirdan çiqqan bölişiga hamda qayta-qayta ogohlantirişlarga qaramay, heç qanday söz bilan oqlab bölmaydigan holatga yöl qöyganligi uçun maktab direktorini lavozimidan ozod etiş böyiça qaror qabul qilindi, öqituvçiga esa ogohlantiriş berildi», deyiladi xabarda.
MMTV bunday holat boşqa maktablarda ham takrorlanmasligiga umid bildirdi.
Eslatib ötamiz, «Taşabbusli budjet»ning 1-mavsumi doirasida taşabbuslarga ovoz beriş jarayoni 18 martdan boşlangan. Kampaniya 7 aprelgaça davom etadi.
Ovoz yiğiş jarayonidagi holatlar keng muhokamalarga sabab bölmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bu jarayonga öqituvçilar, şifokorlar va boğça xodimlari majburlanayotgani haqida yozişmoqda.
Toşkent viloyati hokimligi xabariga köra, öquvçilarni «Taşabbusli budjet»ga ovoz yiğiş uçun jalb qiliş böyiça topşiriq maktab direktori tomonidan berilgani aniqlangan. Hodisa mazkur maktabning filialida sodir bölgan. Filialda 45 nafar boşlanğiç sinf öquvçisi ta’lim oladi.
Öquvçilarni ovoz yiğişga jalb qilgan sinf rahbarlariga intizomiy jazo berilgan, maktab direktori L.Usmanova egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Toşkent viloyati hokimligi bergan ma’lumotga köra, maktab filiali yaqinda ta’mirdan çiqarilgan bölib, zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Maktab jamoasi öz taşabbusi bilan «Taşabbusli budjet» kampaniyasida qöşimça elektron doska, kompyuter jihozlari oliş uçun iştirok etgan. Söralgan mablağ miqdori – 300 million söm.

















