Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi qarşi hujumni bahordayoq boşlaşni rejalaştirmoqda — bu katta ehtimol bilan aprel-may oylarida böladi. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Estoniyaning ERR telekompaniyasi efirida aytib ötdi.

Vazir jurnalistlarning nemislarning Leopard tanklari oldingi çiziqqa qaçon yetib borişi haqidagi savoliga javoban şunday bayonot berdi. Reznikovning sözlariga köra, bu qarşi hujum vaqtida röy beradi, bu hujumni boşlaş uçun eng qulay vaqtni Boş ştab tanlaydi.

Reznikovning qöşimça qilişiça, ukrainlarning yurişi bir neça yönalişlar böylab amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda. U amaliyotning boşlanişiga ob-havo şaroiti ta’sir körsatişi mumkinligini qayd etgan. «Bahorda bizning yerlar juda nam böladi. Faqat gusenitsali transportdan foydalaniş mumkin. Öylaymanki, biz ularni [Leopard tanklari] aprel-may oylarida köramiz», — degan vazir.

Yurişning özi haqida gapirarkan, vazir 2023 yil mobaynida dunyo «Ukraina uçun juda ijobiy özgarişlarga guvoh bölişi»ni aytib ötdi. «Işonçim komilki, biz Kiyev, Çernihiv, Sumi, Xarkiv va Xersonda bölgani kabi vaqtinça bosib olingan hududlarimizni ozod etişni davom ettiramiz», — deya qöşimça qilgan u.

Vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida yaqinda Ukrainaga yetib kelgan nemislarning Marder piyodalar jangovar maşinalari videosini namoyiş etgan va ittifoqçilarga minnatdorçilik bildirgan.

Şuningdek, bugun ukrainalik deputat Gonçarenko katta miqdorda armiya texnikalari töplangan videoni e’lon qildi. Videoda tanklar, gusenitsali va ğildirakli texnikalar, baravar öt oçiş reaktiv tizimlarini köriş mumkin. 

  • 27 mart kuni Ukrainaga nemislarning Leopard 2 rusumli tanklaridan dastlabki 18 tasi yetib kelgani ma’lum böldi. Fevral oyi oxirida Ukrainaga Polşadan Leopard 2 tanklarining ilk partiyasi kelgandi.
  • 21 mart kuni AQŞ Ukrainaga Abrams tanklarining nisbatan eski modellarini jönatişga qaror qildi, çunki bunday tanklardan amerikalik harbiylar allaqaçon foydalanmoqda va ularni harbiy harakatlar hududiga tezroq yetkaziş mumkin.
  • Ukrainaning Fransiyadagi elçisi Vadim Omelçenkoning sözlariga köra, yanvar oyi oxiriga kelib Ğarb mamlakatlari Kiyevga 300 dan ortiq tank yetkazişni va’da qilgandi. Keyinroq Germaniya hukumati ham Ukrainaga oldinroq va’da qilinganiga qöşimça ravişda Leopard 1 rusumli 178 tank yuborişini e’lon qildi.