Adliya vaziri Akbar Toşqulov 28 mart kuni jurnalistlar bilan uçraşib, özi rahbarlik qilayotgan vazirlikning 2022 yildagi faoliyati yuzasidan hisobot berdi. Oçiq muloqot davomida vazir OAV va jamoatçilik vakillarini qiziqtirgan köplab savollarga ham javob berdi.
Tadbirda qatnaşgan jurnalist Musulmonbek Ibrohimov Qaşqadaryoda 500 ming söm pora olgan şifokor 5 yilga qamalgani, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boşqa qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan Asaka tumanining sobiq hokimi Mansur Alixonovga nisbatan 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangani, zarar miqdori kattaroq jinoyat uçun yengil jazo tayinlanişi jamoatçilikda qonun ustuvorligiga nisbatan savollarni keltirib çiqarayotganini ta’kidlab, vazirning bu boradagi fikri bilan qiziqdi.
“Bitta narsani biliş kerak, jinoyalarning kvalifikatsiyasi böyiça har bir jinoyatga nisbatan belgilangan sanksiyalar bor. Sud sanksiyalar doirasida işlaydi.
Pora miqdori kiçkina bölsa ham, bizda poraxörlik jinoyati sanksiya jihatidan yuqoriroq. Buni töğri tuşuniş kerak. Masalan, Jinoyat kodeksidagi 167-moddaga (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) nisbatan 210-modda (Pora oliş) uçun közda tutilgan jazo yuqoriroq. Pora miqdori ming söm böladimi, yuz ming söm böladimi, beş yuz ming söm böladimi, bir million söm böladimi [buning ahamiyati yöq].
Tasavvur qiling, bitta şifokor 100 ming söm pora olib kelmasang operatsiya qilmayman, deyapti. Buning oqibati ham yuqori, şuning uçun qonunlarda şunday yuqoriroq jazo qöyilgan. Jamiyatga ta’siri juda katta. Şu nuqtai nazardan har bitta moddani töğri tuşuniş kerak”, deb aytgan Akbar Toşqulov.
















