Yadro quroliga ega davlatlar ularni xorijda joylaştirmasligi kerak, dedi Xitoyning BMTdagi vakili örinbosari. Avvalroq Rossiya prezidenti Rossiya Federatsiyasining Belarusda taktik yadro qurolini joylaştiriş niyati borligini ma’lum qilgandi.
Xitoy yadro quroliga ega bölgan barça davlatlar ularni çet elda joylaştirmasliklari, agar mavjud bölsa, yadroviy qurollarini boşqa davlatlardan olib çiqib ketişlari lozimligi tarafdori. Bu haqda 31 mart, juma kuni butunjahon taşkiloti Xavfsizlik kengaşi yiğilişida Xitoyning BMTdagi doimiy vakili örinbosari Geng Şuang ma’lum qildi.
Xitoy barça yadroviy davlatlarni 2022 yil yanvar deklaratsiyasi tamoyillariga amal qilişga, yadro uruşi xavfini kamaytiriş çoralarini körişga va yadro quroliga ega davlatlar örtasida har qanday qurolli mojaroning oldini olişga çaqirdi. Gap beşta yadroviy davlat – Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQŞ va Fransiya rahbarlarining qöşma bayonoti haqida bormoqda. Hujjatni imzolagan davlatlar «yadro uruşida ğolib bölişi mumkin emas va unga heç qaçon yöl qöyilişi kerak emas», deb ta’kidlagan, şuningdek, bu ommaviy qirğin qurollarini bir-biriga yoki boşqa davlatga qaratmasliklarini tasdiqlagan.
Şu bilan birga, Xitoy tomoni Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini yadroviy tahdid kontekstida izohladi. Pekin pozitsiyasiga atom elektr stansiyalariga qurolli hujumlarga qarşi turiş ham kiradi, dedi Geng Şuang. Barça tomonlar oqillik va vazminlikni saqlaşi, xalqaro hamjamiyat esa muzokaralarni tezroq qayta boşlaş uçun şaroit yaratişi kerak, dedi Xitoyning BMTdagi vakili örinbosari.
25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining öz taktik yadro qurolini Belarus hududida joylaştiriş niyati haqida ma’lum qildi. Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko belarus xalqi va parlamentiga murojaatida, agar kerak bölsa, respublikada strategik yadro qurollari joylaştirilişi mumkinligini inkor etmadi.
Bundan oldin AQŞ prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Belarusda taktik yadro qurolini joylaştiriş rejalaridan xavotirda ekani xabar qilingandi.
«Ular buni hali qilmadi. Lekin, albatta, men bundan xavotirdaman», dedi u Vaşingtonda jurnalistlarga.
Bayden Vladimir Putinning tegişli bayonotini «xavfli gaplar» deb atadi.

















