Ukrainada uruşning 402-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- AQŞ Ukrainaga 2,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda.
- Rossiya maxsus xizmatlari The Wall Street Journal muxbiri, FXX josuslikda ayblagan Evan Gerşkoviçni kuzatib kelgani ma’lum böldi. Jurnalistning özi telefoni eşitilayotgan bölişi mumkinligini aytgan.
- Vaşington barça amerikaliklarni — «hatto jurnalistlar»ni ham — Rossiyadan ketişga çaqirdi.
- Ukraina hukumati Ukraina provaslav çerkovi mitropoliti Kiyev-Peçersk lavri noibi Pavelni (Lebed) Rossiya bosqinini oqlaşda gumonlamoqda. Uning uyida tintuv ötkazilgan. Sud ruhoniyni uy qamoğiga jönatgan.
- Rossiya bir oy davomida BMT Xavfsizlik kengaşiga raislik qiladi. Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba buni «xalqaro hamjamiyat yuziga tarsaki» deb atadi.
Buçada halok bölganlarning portretlari ilingan xiyobon
Kiyev atrofidagi Buça şahri 2022 yil martida Rossiya qöşinlari tomonidan okkupatsiya qilingandi. 2023 yil 31 mart kuni, şahar ozod etilganining bir yilligida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, şuningdek Moldova prezidenti Mayya Sandu, Slovakiya boş vaziri Eduard Xeger, Sloveniya boş vaziri Robert Golob hamda Xorvatiya boş vaziri Andrey Plenkoviç okkupatsiya çoğida halok bölganlarni xotirlaşdi. Buça ozod etilganining bir yilligi munosabati bilan şaharda qurbonlarning portretlari ilingan xiyobon oçildi.

Oleksii Chumachenko / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Avdiyivkadan evakuatsiya
Avdiyivka — Donetskka şimoliy yöldoş şahar bölib, bu yerda uruşga qadar 35 ming kişi yaşagan. Şahar hududining katta qismini kimyoviy va metallurgiya korxonalari band etgan, Ukraina qurolli kuçlari bu hududlarda 2014-2015 yillardayoq mudofaa istehkomlari barpo eta boşlagan — öşanda hududga juda yaqin joylaşgan Donetsk aeroporti uçun uruş boşidan buyon eng muhim janglardan biri bölib ötgandi.





























