Toşkent viloyat prokuraturasining bir neça xodimi Kun.uz’ga murojaat qilib, viloyat prokurori Şavkatjon Rahimov viloyat prokuraturasi mahkamasi va tuman-şahar prokuraturalaridagi muhitni oğir ahvolga keltirib qöygani haqida xabar berdi. 

Murojaatda aytilişiça, Şavkatjon Rahimov yangi lavozimda iş boşlagaç, köplab xodimlarni işdan böşatgan, majburan pensiyaga çiqarib yuborgan yoki intizomiy jazoga tortgan. Bölim boşliqlarini esa quyi lavozimlarga ötkazgan.

Jumladan, Iqtisodiy sohada qonunçilik ijrosi ustidan nazorat bölimi boşliği, Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi qarşi kuraşiş bölimi boşliği, Murojaatlar bilan işlaş bölimi boşliği, viloyat prokurorining jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot böyiça katta yordamçisi lavozimidan olinib, quyi lavozimlarga tuşirilgan. Moliya-xöjalik bölimi boşliği esa işdan böşatilgan.

Bundan taşqari, viloyat prokurori ötgan davrdagi faoliyati davomida 20 nafarga yaqin xodimlarni intizomiy jazoga tortgan, 10 nafarga yaqin yoş xodimlarni viloyat prokuraturasidan quyi prokuraturalarga tuşirgan. 3 nafar xodim tizimdan böşatilib, 5 nafarga yaqini majburan pensiyaga çiqarilgan.

«Xodimlarga har çorakda berilişi majburiy bölgan mukofot pullari 40 nafardan ortiq xodimga yaxşi işlamaganlik vaji bilan berilmadi. Bu qonunçilikka zid harakat. “Bermayman, qayerga borsa borsin”, deya oyoq tirab oldi. Qolgan xodimlarga esa mukofot pullari berildi.

Viloyat prokuraturasida muhit umuman yaxşi emas. Heç kimni mensimaydi, hammani oyoq uçi bilan körsatadi. Nafaqat xodimlar, balki boşqa taşkilot rahbarlariga, hatto hokimlarga ham tazyiqlar ötkazib, haqorat qilyapti», — deyiladi murojaatda.

Murojaatda Şavkatjon Rahimov ayrim böşagan lavozimlarga öz tanişlarini joylaştirgani, masalan, Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi boşliği lavozimiga tayinlangan şaxs uning qudasi ekani aytiladi.

Kun.uz uşbu holat yuzasidan viloyat prokurorining jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot böyiça katta yordamçisi matbuot kotibi lavozimida işlab kelgan Arslon Toşpölatov bilan boğlandi. U mazkur lavozimdan ketganini tasdiqlab, yuqorida aytilgan vajlar böyiça aniq ma’lumot berolmasligi, ammo qanday çora körilgan bölsa barçasi qonun doirasida amalga oşirilgani, batafsil tafsilotlarni Boş prokuraturadan oliş maqsadga muvofiq ekanini bildirdi.

Ma’lumot uçun, Şavkatjon Rahimov 2022 yilning sentabr oyi oxirida Toşkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi