Ta’kidlanişiça, davlat çegarasi xavfsizligini ta’minlaşda amaldagi qonunda bir qator huquqiy kamçiliklar mavjudligi turli muammolarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, davlat çegarasi bilan boğliq asosiy tuşunçalar berilmaganligi bois, faoliyat davomida fuqarolar, vazirlik va idoralar tomonidan turli tarzda talqin qilinyapti. Bu esa davlat çegarasi xavfsizligini ta’minlaş, uni jihozlaş, vazirlik va idoralar tomonidan öz vakolati doirasida belgilangan vazifalarni bajarişda bir qator muammo va tuşunmovçiliklar keltirib çiqarmoqda.

Bundan taşqari, çegara hududlarida dehqonçilik qiliş yoki çorvaçilik bilan şuğullanişda qonunçilikda aniq normalar belgilanmaganligi sababli çegara zonalarida va çegaraoldi hududlarida yaşovçi aholi turli qiyinçiliklarga duç kelmoqda.

Muhokama qilingan “Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisida”gi qonunda davlat çegarasini belgilaş, özgartiriş, qöriqlaş va himoya qiliş sohasidagi asosiy tuşunçalar,  davlat çegarasini quruqlikda, çegara daryolarida, köllar, samoviy hudud va boşqa joylarda şaxslar va transport vositalarining kesib ötiş tartibi aniq belgilab berilmoqda.

 Şuningdek, qonunda davlat çegarasini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qiliş bilan boğliq masalalarni körib çiqiş Özbekiston Respublikasi va çegaradoş davlatlarning vakillaridan iborat bölgan hukumatlararo komissiya tomonidan amalga oşirilişi körsatilmoqda. Qolaversa, davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qilişni amalga oşirişda qurolni, harbiy texnikani, maxsus vositalarni, jismoniy kuç va xizmat hayvonlarini qöllaş şaroiti va tartibi kiritilmoqda.  

“Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qilişni yanada kuçaytirişga qaratilgan qöşimça va özgartişlar kiritiş haqida”gi qonunda esa çegara qöşinlari harbiy xizmatçisining qonuniy talablarini bajarmaganligi va uning öz xizmat burçlarini bajarişiga qarşilik körsatganligi uçun alohida javobgarlik belgilanyapti.

Ma’lum qilinişiça, amaldagi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning tegişli moddasidagi talablar, ya’ni çegara qöşinlari harbiy xizmatçilarining qonuniy talablarini bajarmaslik va ularning qonuniy faoliyatiga qarşilik körsatiş orqali ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganligi uçun belgilangan jarimaning kamligi huquqbuzarlik uçun qöllanadigan jazo ta’sirçanligiga salbiy ta’sir körsatmoqda.