Energetika vazirligi huzuridagi “Özenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamda gaz ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda ötkazilgan nazorat tadbirlari natijasi haqida ma’lumot berildi.

Vazirlik axborotiga köra, joriy yil mart oyida 559 ta holatda ulgurji iste’molçilar tomonidan 79 mln kub metr (76,3 mlrd söm) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan.

76,3 mlrd söm Markaziy bankning joriy kursida 6,7 mln dollardan ortiqni taşkil etadi.

Gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari, asosan:

  • Buxoro viloyatida 24,3 mln kub metrni (24,2 mlrd söm),
  • Farğona viloyatida 19,3 mln kub metrni (19,3 mlrda söm),
  • Jizzax viloyatida 9,9 mln kub metrni (10 mlrd söm),
  • Samarqand viloyatida 10,1 mln kub metrni (8,5 mlrd söm),
  • Toşkent şahrida 7,1 mln kub metrni (7,1 mlrd söm) taşkil etgan.

Noqonuniy foydalaniş holatlari iste’molçilar toifasi böyiça:

  • AGTKŞlarda 22 ta holatda (41,7 mlrd söm),
  • issiqxonalarda 17 ta holatda (1,1 mlrd söm),
  • boşqa işlab çiqariş korxonalarida (asfalt, ohak, gips, çinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 90 ta holatda (24,9 mlrd söm),
  • umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida 54 ta (1 mlrd söm) holatlar aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylaştirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.

Avvalroq Energetika vazirligi mart oyida elektr energiyasidan 21,9 mlrd sömlik noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlanganini ma’lum qilgandi.

Eslatib ötamiz, mart oyida “svet” va gazdan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalaniş öğrilik deb belgilandi.

Boş prokuraturaga energoresurslar öğirlanişi böyiça nazoratni kuçaytiriş topşirilgan. Gaz va elektrdan noqonuniy foydalaniş holatlari haqida prokuraturaga